Tuman hokimi fermer xoʼjaliklari dalalaridagi gʼoʼza parvarishini koʼzdan kechirdi

×

 2022-08-03 17:09:14    394

PDF yuklash
Chop etish


Iyul oyi dehqonchilik taqvimiga koʼra, hosilni taqdiri hal boʼladigan oyiga toʼgʼri keladi. Bu oydan soʼng Аsad oyi xalqimizning "Аsad — ekiningni yasat" degan ajoyib maqolidan ham anglash mumkinki, hosil taqdiri hal boʼladigan bu oyda fermer va dehqonlar zimmasida ulkan masʼuliyat turibdi. Gʼoʼza parvarishidagi eng muhim pallada amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlarning oʼziga xos jihatlarini bekamu koʼst ado etish, ekinni tom maʼnoda "yasatish" kerak. 
Аna shu maqsadda tuman hokimiva mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda tumandagi fermer xoʼjaligi dalalaridagi gʼoʼza parvarishini koʼzdan kechirdi. Bunda birinchi shart ekinni suvsiz qoldirmay, vaqtida toʼyintirishdir. Shuning uchun mazkur masʼuliyatli davrda fermer va mutaxassislar, mirobu mexanizatorlar, entomologlar oʼz ishiga oʼta jiddiy yondashmogʼi zarur», — dedi tuman hokimi.
Tuman hokimi 1-sektor hududidagi fermer xoʼjaliklari maydonlaridagi gʼoʼzalarning parvarishi, agrotexnik ishlovlarga eʼtibor qaratdi va har bir maydondagi qarov va begona oʼt bosgan gʼoʼza maydonlari fermer xoʼjaligi rahbarlarini ogohlantirib tanqid ostiga oldi. Kamchiliklar yuzasidan rahbarlarga individual tarzda galdagi kechiktirib boʼlmas amaliy chora-tadbirlar boʼyicha vazifalar qoʼydi.
Rishton tuman hokimligi axborot xizmati


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 64 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab