Islomjon Oripjonov Xalq deputatlari Fargʼona viloyati Kengashi deputati etib roʼyxatga olindi
2022-08-03 16:59:06 515
Joriy yil 24 iyul kuni Fargʼona viloyatida boʼshab qolgan oʼrinlarga Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari saylovi boʼlib oʼtdi.
Jumladan, 43- Boʼston saylov okrugida oʼtkazilgan saylovlarda saylovchilar oʼzlari tanlagan munosib nomzodlar uchun ovoz berdilar.
Boʼshab qolgan oʼringa saylangan deputatlarni roʼyxatga olish toʼgʼrisida viloyat saylov komissiyasi raisi Ilhom Mamajonovning qarori qabul qilindi.
Unga koʼra, Rishton tumani «Chinor plyus» xususiy korxonasi rahbari Islomjon Inomjonovich Oripjonov Xalq deputatlari Fargʼona viloyati Kengashi deputati etib saylangani maʼlum qilindi.
Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi