Taktik oʼquv mashqi oʼtkazildi

×

 2022-08-02 18:59:51    274

PDF yuklash
Chop etish


2 avgust kuni soat 14:00da Rishton tumanidagi "Rusoʼzbekteks" XK MChJ da favqulodda vaziyat yuz bergan (zilzila va yongʼin) chogʼida bajariladigan shoshilinch ishlar taktik oʼquv mashqi misolida namoyish qilindi. Korxona yongʼin xavfsizligi shtabi boshligʼi Sherzod Sultonov aloqa va yordam guruhlari ishini muvofiqlashtirib bordi. Kuchli yer qimirlashi oqibatida binoda yuz bergan chang va tutun holati koʼrsatildi. 
Аvvalo zilziladan jabr koʼrgan ishchilar tashqariga olib chiqilib, birinchi tibbiy yordam koʼrsatilgach ular shifoxonaga joʼnatildi. Yongʼin roʼy bergani haqida xabar berilgach oʼt oʼchiruvchilar jamoasi tezlikda ishga kirishdi. Paxta toylari joylashgan maydon yaqinida yuz bergan yongʼinni oʼchirishga muvaffaq boʼlindi. 
Taktik oʼquv mashqi jarayonini kuzatib borgan Fargʼona viloyat FVB boshligʼi podpolkovnik Umidjon Ismoilov, Rishton tumani FVB boshligʼi mayor Isroiljon Kenjaboev yoʼl qoʼyilgan kamchilik va xatolarni koʼrsatib berishdi. Xususan oʼt oʼchiruvchilarning zarur asbob-anjomlari yetishmasligi tanqid qilindi. 
Mashq jarayoniga oid savol-javoblar boʼldi.Taktik oʼquv mashqi bir soat davom etdi.


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab