Batken viloyati gubernatori oʼrinbosari boshchiligidagi delegatsiya Rishton tumanida boʼldi
2022-08-02 18:57:03 395
Bugun Qirgʼiziston Respublikasining Batken viloyati gubernatori oʼrinbosari Timur Madiyarov, Qizilqiya shahri meri Аsilbek Matkalikov, Batken tumani hokimi Uchkun Joroboev, Leylek tumani hokimi Olmos Rahmonqulov, Qadamjoy tumani hokimi Qutpiddin Shakirov va tadbirkorlardan iborat delegatsiya Rishton tumanida boʼldi.
Delegatsiya aʼzolari Rishton tumani hokimi Subhonjon Soliev va tuman sektorlari rahbarlari tomonidan kutib olindi.
Batkenlik mehmonlar Rishton kulolchilik sanoat zonasida boʼlib bu yerdagi jarayonlar bilan tanishdilar.
Xususan, Mingboshi keramik kulolchilik klasteri tomonidan olib borilayotgan keng koʼlamdagi ishlar Qirgʼiziston delegatsiyasi vakillarida katta taassurot qoldirdi.
Tashrif davomida tadbirkorlar oʼzaro hamkorlik borasida ham kelishuvga erishishdi.
Rishton tuman hokimligi axborot xizmati
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi