Cho‘ng‘arada 15 nafar bolaning sunnat to‘yi o‘tkazildi
2022-07-29 15:27:25 311
Yurtimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda o‘zaro mehr-oqibat, hamjihatlik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilda bu boradagi sa’y-harakat yanada jonlanmoqda. Joylarda kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar farzandlarining sunnat to‘ylari o‘tkazilayotgani ham bu fikrning yorqin ifodasi.
Rishton tumanidagi anklav hudud sanalgan «Cho‘ng‘ara» mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qilayotgan kam ta’minlangan oilalarning farzandlarining sunnat to‘ylari o‘tkazildi.
15 nafar bolalarning sunnat to‘ylari homiylar - sahovatpesha fermerlarning tashabbusi bilan o‘tkazildi.
Ularning har biriga qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bayram tadbirida Viloyat hokimi o‘rinbosari X. Ahmedov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari M. Sulaymonov, Rishton tumani hokimi S. Soliyev, Qirg‘iziston Respublikasi Qadamjoy tumani hokimi, Rishton tumani hokimi o‘rinbosarlari va sektor rahbarlari, tadbirkorlar, to‘y bolalarning ota-onalari va yaqinlari qatnashdilar.
Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir haqiqiy bayramga aylanib ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlikning mustahkam ekanligini namoyon etdi.
Bayram tadbiriga tuman Madaniyat bo‘limi san’atkorlari o‘zlarining kuy-qo‘shiqlari, raqslari bilan yanada fayz kiritishdi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi