Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari vakillari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi
2022-07-23 13:50:43 397
Yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish oʼrinlarining yaratilishi natijasida ishsiz aholi ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarning bandligini taʼminlash hamda ularning doimiy daromad manbaiga ega boʼlishi amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
????20 avgust — Tadbirkorlar kuni munosabati bilan Prezident tomonidan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʼtkaziladi. Ushbu tadbirga munosib tayyorgarlik koʼrish va tadbirkorlarga toʼqinlik qilayotgan muammolarni aniqlash, ularning yechimi yuzasidan bugun Rishton tumani hokimligi majlislar zalida Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari vakillari bilan sayyor uchrashuv boʼlib oʼtdi.
????Uchrashuvda tuman hokimi oʼrinbosari А. Mustafoqulov viloyat savdo sanoat palatasi boshqarmasi tomondan biriktirilgan vakillar, tumandagi tadbirkorlar, mahallalarga biriktirilgan hokim yordamchilari qatnashdi.
Uchrashuvda tadbirkorlar tomonidan dorixona qurish, muzqaymoq va salqin ichimliklar savdosi, avtomobillarga texnik xizmat koʼrsatish shaxobchasi tashkil etish, bogʼdorchilik faoliyati uchun yer maydoni ajratish, imtiyozli kredit hamda subsidiya olishga koʼmaklashish masalalariga oid murojaatlar qilindi.Tadbirkorlarning tashabbuslari va loyihalarini qoʼllab-quvvatlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi