RISНTONLIK OʼQITUVCHI VETNАMDА E`TIROF ETILDI
2022-07-08 20:11:21 358
2002 yil yurt fidoyisi, butun umrini yurtdoshlari oʼy-tashvishi bilan bogʼlagan mehribon Hamida aya Toʼxtasinova va uning oilasi uchun juda omadli keldi, desak mubolagʼa boʼlmaydi. Yaqinda Hamida Toʼxtasinova yaqinda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnat faxriysi” koʼkrak nishonini taʼsis etish toʼgʼrisida”gi 2017 yil 14 iyuldagi Qaroriga muvofiq, mamlakatimizning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, taʼlim, sogʼliqni saqlash, yurisprudentsiya va boshqa sohalarida koʼp yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan pensiya yoshidagi bir guruh yurtdoshlarimiz qatori “Mehnat faxriysi” koʼkrak nishoni bilan taqdirlangan edi.
Bugun esa uning nabirasi Doston Siddiqov Vьetnam davlatida tashkil etilgan "Yil oʼqituvchisi" tanlovida ishtirok etib, gʼolib sifatida bosh mukofotini qoʼlga kiritdi. Ushbu xabar farishtali-sarishtali, nabiralarning shodon qiyqirigʼi ostida umrguzaronlik qilayotgan muborak onaxon xonadonida haqiqiy bayramni taqdim etdi.Bir necha yildan beri xorijiy mamlakatlarda oʼqituvchi sifatida faoliyat yuritayotgan Doston Siddiqovning boshqa mamlakatda yil oʼqituvchisi etib tan olinishi barchamizni behad quvontirdi.
- Oʼgʼimning muvaffaqiyatini eshitib, behad xursand boʼldik, deydi uning otasi Sherozjon Siddiqov. Doston bolalagidan ilmga mehr qoʼygan edi. U, uch yoshida harflarni tanib, oʼzi mustaqil yoza olardi. Qilingan tinimsiz mehnatlari nihoyat oʼz mevasini berdi. Farzandim uchun xursandman. Ota-ona uchun farzandining muvaffaqiyatini koʼrishdan boshqa baxt boʼlmasa kerak.
Maʼlumot uchun: Dostonbek Siddiqov 1990 yil 29 iyun kuni Rishton tumanida tugʼilgan. FarDU ingliz tili fakultetini tamomlagan. Hozirda Vetnam mamlakatidagi iqtidorli bolalar maktabining ingliz tili fani oʼqituvchisi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi