DXX RАISI KUBOGI: VАKILLАRIMIZ VILOYАT BOSQICНI FINАLIDА

×

 2022-07-06 06:46:09    391

PDF yuklash
Chop etish


Maʼlumki, mamlakatimiz boʼylab “Mahallalarda yoshlar bilan yangicha ishlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-92-sonli qarori, Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʼyicha Respublika komissiyasining 2022 yil 18 martdagi topshirigʼi ijrosini taʼminlash, jumladan mahallalarda yoshlarni madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari va kitob oʼqishga boʼlgan qiziqishini har tomonlama qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan besh tashabbusni joylarda keng targʼib etish, ularni maʼnaviy va jismoniy barkamol qilib turbiyalashga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy, ommaviy sport tadbirlarini oʼtkazish, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish rejalashtirilgan.Xususan, futbol boʼyicha “Davlat xafsizlik xizmati raisi kubogi” musobaqasi oʼtkazilmoqda. Bugun ushbu musobaqaning viloyat bosqichi yarim final uchrashuvlari boʼlib oʼtdi. Viloyat bosqichi ikki mintaqada oʼtkazilib, mintaqalarida birinchi va ikkinchi oʼrinni olgan jamoalar yarim finalga yoʼllanma olishdi. Yarim final bahsining birida - «Boʼston» (Rishton) - «Ustoz» (Oltiariq) mahallasi yoshlar jamoalari maydonga tushishdi. Shiddatli oʼtgan uchrashuvda rishtonlik yoshlar 3:1 hisobida gʼalaba qozonishdi va finalga yoʼllanma olishdi.Vakillarimizga final bahsida omad tilab qolamiz.

Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab