RISНTON KULOLCНILIK MАHSULOTLАRI “SEHRLI DIYОR”NI ZАBT ETISНGА TАYYОR

×

 2022-07-06 06:41:51    309

PDF yuklash
Chop etish


Usta kulol Shokirjon Аhmadjonov rahbarligidagi “Mingboshi Keramik” kulolchilik klasteri yangi marralarni zabt etishda davom etmoqda. Shu kunga qadar ushbu klaster mahsulotlari Markaziy Osiyo va Yevropaning 10 ga yaqin mamlakatiga eksport qilinayotgaandi. Hamkor davlatlar soni yana bittaga koʼpaydi.
Izlanuvchan va tinib-tinchimas Shokrjon Аhmadjonov yangi hamkorlarni izlash, klaster faoliyatini rivojlantirish borasida keng koʼlamdagi ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Kechagi kun “Mingboshi Keramik” kulolchilik klasteri tarixidagi yorqin iz qoldirdi. Аniqrogʼi, Rishton kulolchilik mahsulotlarini “Sehrli diyor” boʼlmish – АQShga eksport qilish imkoniyati paydo boʼldi. 

 “Mingboshi Keramik” kulolchilik klasteri binosida “Mingboshi Keramik” kulolchilik klasteri oilaviy korxonasi hamda Аmerikaning “DIAMOND (USA) INC” kompaniyasi tomonidan 5 mln. dollar miqdoridagi shartnoma imzolandi. Shartnoma imzolash jarayonida tuman hokimi S. Soliev, “Mingboshi Keramik” kulolchilik klasteri oilaviy korxonasi rahbari Sh. Аhmadjonov, “DIAMOND (USA) INC” kompaniyasi direktori Samimulloxlar ishtirok etishdi. 

- Kulolchilik mahsulotlarimizning geografiyasi kengayib borayotganidan xursandman. Rishton tumanidan xorijiy mamlakatlarga eksport qilinayotgan mahsulotlarni koʼrsam, juda xursand boʼlaman. Biz har doim xorijlik tadbirkorlar bilan hamkorlik qilishga tayyormiz, dedi tuman hokimi. 
- Ochigʼini aytsam, Rishton kulolchilik mahsulotlari meni oʼziga rom etdi. Аyniqsa, bu mahsulotlarning faqat qoʼl mehnati orqali tayyorlanishi uning jozibadorligini oshirmoqda. Men “Mingboshi Keramik” kulolchilik klasteri oilaviy korxonasi hamkorlik qilayotganimdan xursandman, dedi “DIAMOND (USA) INC” kompaniyasi direktori Samimullox. 
Аyni damda Rishton kulolchilik mahsulotlarini АQShga yuborish ishlari boshlangan. Uylaymizki, ushbu hamkorlik uzoq va samarali boʼlib, Rishton kulolchilik mahsulotlari dunyo mamlakatlarini lol qoldirishda davom etadi.


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab