“Inson qadri uchun”: Rishtonda 2 mingdan ziyod oilaga bugʼdoy tarqatilmoqda

×

 2022-07-05 14:26:17    301

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilgi gʼalla mavsumini yuqori darajada uyushqoqlik bilan oʼtkazib, ulkan xirmon uygan rishtonlik fermerlar hamda gʼallachilik klaster korxonasi tomonidan umumiy hisobda 2 mingdan ziyod ehtiyojmand oilaga 318 tonnadan ortiq bugʼdoy, 42 ming 300 dona somon bogʼlamlari tarqatilib, yana 2 ming 500 ta oilaga takroriy ekin ekish uchun yer maydonlari ajratib berilmoqda. Qurbon hayiti arafasida amalga oshirilgan ana shunday ezgu saʼy-harakatlar natijasida minglab xonadonlarga toʼkin-sochinlik, rizq-roʼz va xayr-baraka kirib bordi.Bugun klaster korxonasining don saqlash omborida birvarakayiga 1 mingta oilaga bugʼdoy begʼaraz tarqatildi va har bir mahalla uchun ajratilgan yuk mashinalari yordamida xonadonlarga eltib berildi. Shu munosabat bilan xalq oldiga fayzli dasturxon tuzalib, osh tortildi. Elimiz ardogʼida boʼlgan xushovoz sanʼatkorlar bobodehqonlarimiz ximmatini olqishlab, barchani davraga chorladi.“Inson qadri uchun” shiori ostida tashkillangan tadbirda tuman hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari soʼz olib, saxovatpesha fermerlar hamda gʼallachilik klasteri rahbarlarining xayrli tashabbuslarini alohida eʼtirof etdilar. 
- Mamlakatimizda xalqimiz hayotining yanada farovon va mazmunli boʼlishi uchun bor kuch va imkoniyatlar safarbar etilayotgani hech kimga sir emas. Inson qadri ulugʼlangan yurtning kelajagi ham ulugʼ boʼladi. Bugungi kunda tumanimizda bu kabi ezgu tadbirlar davom etmoqda, - dedi tuman hokimi.Oʼz navbatida, fuqarolar koʼrsatilayotgan gʼamxoʼrlik va davomli eʼtibor, yurtimizdagi xalqchil islohotlar uchun samimiy minnatdorlik izhor qildilar. 

Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati.


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab