Xotin-qizlar faollari bilan ochiq muloqot oʼtkazildi

×

 2022-07-01 09:12:09    368

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumani hokimligi majlislar zalida mahallalardagi xotin-qizlar faollari bilan muloqot-uchrashuv oʼtkazildi. Unda Oʼzbekiston Respublikasi Prezident administratsiyasi raxbari oʼrinbosari Olimjon Soliev, Oʼzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar Davlat qoʼmitasi masʼul xodimi Nilufar Аbdullaeva, Fargʼona viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmasi masʼul xodimi Yorqinoy Sharipova, tuman hokimi Sufhonjon Soliev va sektor rahbarlari, tegishli tashkilotlar, bank-moliya muassasalari mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Uchrashuv avvalida Olimjon Soliev soʼz olib, hududlarda xotin-qizlarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʼrni va faolligini oshirish, ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, ularni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, oila va xotin-qizlarning muammolarini oʼz vaqtida aniqlash, ogʼir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oila va xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam koʼrsatish, qishloqlardagi xotin-qizlarni kasb-hunarga, oilaviy va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, oilalar maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarini mustahkamlash masalalari bilan bogʼliq chora-tadbirlar samaradorligini tahliliy muhokama qildi.
Muloqot davomida, xotin-qizlar faollarining asosiy vazifalari va ularni amalga oshirish mexanizmlari, jumladan, ijtimoiy xizmatlarni mahallada tashkil etish; oilalarda ijtimoiy muhitga salbiy taʼsir koʼrsatuvchi holatlar, ularning oldini olish borasida mutasaddi tashkilotlarning oʼzaro hamkorligini hamda xotin-qizlarning murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish; xotin-qizlar faollari tomonidan oilalar va xotin-qizlar oʼrtasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni olib borish, ommaviy sport tadbirlarini oʼtkazish, jamoatchilik tuzilmalari ishini samarali tashkil etish boʼyicha ishtirokchilarga zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, uchrashuvda xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash, subsidiyalar va bank kredit mablagʼlarini ajratish orqali ularni tadbirkorlikka jalb etish, ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga oʼqitish va salomatligini mustahkamlash, mahalla ayollari ishtirokida sport-sogʼlomlashtirish musobaqalarini oʼtkazish, xotin-qizlar oʼrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, madaniy-ommaviy tadbirlarda xotin-qizlar ishtirokini qoʼllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan sektor rahbarlari hamda tegishli mutasaddilarning hisobotlari eshitildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar Davlat qoʼmitasi masʼul xodimi Nilufar Аbdullaeva ham xotin-qizlar faollarining oldida turgan vazifalar haqida gapirib oʼtdi. 
Uchrashuv yakunida, xotin-qizlar faollari faoliyati samaradorligini oshirish, oʼzaro hamkorlikni yanada izchil yoʼlga qoʼyish boʼyicha zarur tavsiyalar berildi.
- Bugungi ochiq muloqot biz uchun juda foydali boʼldi. Oʼzimimiz uchun kerakli boʼlgan maʼlumotlarga ega boʼldik. Bizning vazifamiz aniq belgilab berildi, deydi "Farovonlik" MFY xotin-qizlar faoli. Q. Mamajonova.

Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab