OАV vakillari, jurnalist va blogerlar eʼtirof etildi

×

 2022-06-30 10:19:29    328

PDF yuklash
Chop etish


 Kecha "Fayz" toʼyxonasida "27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni" munosabati bilan Rishton tumani hokimligi tashabbusi bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirga matbuot sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilib tumanda chinakam milliy jurnalistika maktabini shakllantirishda hissa qoʼshgan faxriy jurnalistlar, “Rishton haqiqati” gazetasi tahririyati xodimlari, OАV vakillari va blogerlar taklif qilindi. Bir piyola choy ustida oʼtkazilgan dildan suhbatlarda tuman matbuoti tarixi, buguni va kelgusida hamkorlikda qilinishi lozim boʼlgan muhim vazifalar haqida soʼzlashildi. Faxriy ijodkorlarlar, jurnalist va blogerlar yurtimizda soʼz erkinligini taʼminlash tobora mustahkamlanib borayotgani xususida fikr bildirishdi.Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi S. Soliev, tuman sektor rahbarlari yigʼilganlarni bayram bilan qutlashdi.Mamlakatimiz, viloyat va tumanimizda roʼy berayotgan voqeliklarni oʼquvchilarga tezkor va aniq yetkazishda, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi islohotlarni keng yoritib borishda OАV xodimlarining faolligi hamda sharafli mehnatlari eʼtirof etildi. Soha fidoiylariga tuman hokimining faxriy yorliqlari va esdalik sovgʼalari topshirildi.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 74 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab