Rishton tumani va Turkiyaning “Lodos" tekistil fabrikasi oʼrtasida hamkorlik aloqalari oʼrnatildi

×

 2022-06-25 23:36:34    382

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumani hokimi Sufhonjon Soliev boshchiligidagi rasmiylar va tadbirkorlardan iborat tuman delegatsiyasi toʼgʼridan-toʼgʼri hamkorlik aloqalari oʼrnatish maqsadida bugun Turkiyaning Bursa viloyatidagi tashrifi davom etmoqda. 
Delegatsiya aʼzolari bugun Bursa viloyatidagi eng nufuzli kompaniyalaridan biri "Lodos" tekistil fabrikasi rahbariyati bilan uchrashuv oʼtkazishdi. 
Uchrashuv davomida Delegatsiyamiz vakillari Rishton tumani toʼqmachilik salohiyati, Respublikamiz bozorida tutgan oʼrni haqida, shuningdek, xorijiy investorlarga hukumatimiz tomonidan berilgan imtiyozlar va qulayliklar borasida maʼlumot berishdi.
Quvonarlisi shuki delegatsiya aʼzosi Rishton tumanida faoliyat olib borayotgan turkiyalik tadbirkor Sen Erol mamlakatimizda investorlarga berilgayotgan imtiyozlar haqida gapirib, oʼz taqdimotini oʼtkazdi.
Mazkur Lodos fabrikasi tomonidan ishlab chikarilayotgan matolar Breshka, Mango va Zara kabi jahon bozorida oʼz oʼrniga ega boʼlgan kompaniyalarga yetkazib beriladi.
Lodos tekistil fabrikasi vakillaridan tashkil topgan delegatsiya sentyabrь oyida Rishton tumaniga tashrif buyurishi kelishib olindi. 
Rishton tumanidagi "Fayz Аgro teks" fabrikasida "Lodos" tekistil fabrikasi delegatsiyasi bilan uchrashuv tashkil etiladi.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 74 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab