Rishton tumanida 30-iyun - "Yoshlar kuni" munosabati bilan «Yangi Oʼzbekiston yoshlari, birlashaylik!» shiori ostida yoshlar forumi gala-kontserti boʼlib oʼtdi.
2022-06-25 23:34:25 320
Rishton tumanidagi “Istirohat bogʼida” yuragida yurt ishqi yongan, yuz-koʼzlarida ertangi kunga boʼlgan umid uchqunlari porlagan qalbi qaynoq yoshlar bilan toʼldi.
Tantanani tuman hokimi oʼrinbosari Zarifjon Umarov tabrik soʼzi bilan ochib, barcha yoshlarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi.
U oʼz soʼzida mamlakatimizda yoshlar masalasi har doim davlat siyosati darajasidagi muhim masala boʼlib kelgani, soʼnggi yillarda yosh yigit-qizlarimiz uchun yaratilayotgan keng koʼlamdagi imkoniyat va shart-sharoitlar, ularning oʼqib-oʼrganishlari, qizgʼin faoliyat koʼrsatishlari uchun qaratilayotgan eʼtibor va gʼamxoʼrlik nafaqat yurtdoshlarimiz, balki dunyo hamjamiyatini ham oʼziga jalb etayotganligi alohida eʼtirof etdi.
Shundan soʼng, «Eng yaxshi sardorlar Kengashi» tanlovida Respublika bosqichi gʼolibi boʼlgan 20-umumiy oʼrta taʼlim maktabi oʼquvchilari taqdirlandilar. Shuningdek, adabiyot, sanʼat, sport va boshqa yoʼnalishlarda turli yutuqlarni qoʼlga kiritgan, shaharning ijtimoiy hayotida faollik koʼrsatib kelayotgan yoshlar vakillariga ham diplom va qimmatbaho sovgʼalari ham taqdim etildi.
Bayram tadbiri davomida tuman madaniyat boʼlimining taniqli xonandalari ijrosida yangragan dilrabo kuy-qoʼshiqlarga tantana ishtirokchilariga dildan xirom ayladilar.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi