Turkiyaning “Eğitim Kalesi Okulları” maktabi va Rishton tumanining “Ibn Sino” xususiy maktabi oʼrtasida hamkorlik aloqalari oʼrnatildi

×

 2022-06-24 18:38:51    482

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumani hokimi Sufhonjon Soliev boshchiligidagi rasmiylar va tadbirkorlardan iborat tuman delegatsiyasi toʼgʼridan-toʼgʼri hamkorlik aloqalari oʼrnatish maqsadida bugun Turkiyaning Bursa viloyatidagi tashrifi davom etmoqda. Delagatsiya aʼzolari bugun shuningdek, Bursa viloyatidagi eng nufuzli taʼlim muassasalardan biri – “Eğitim Kalesi Okulları” maktabida boʼlishdi va maktab direktori Mustafa Sayik bilan uchrashishdi.Uchrashuv davomida “Eğitim Kalesi Okulları” va Rishton tumanidagi “Ibn Sino” xususiy maktabi oʼrtasida hamkorlik aloqalari oʼrnatildi. Imzolangan kelishuvga koʼra, taʼlim, tibbiyot, gumanitar va aniq fanlarga qiziquvchi yoshlarni ushbu maktabga yuborish masalalari muhokama qilindi. Kimyo va biologiya fanlari boʼyicha oʼqtish jarayonlari bilan tanishish maqsadida Rishton tumaniga tashrifi borasida ham kelishuvga erishildi. Uchrashuvda taʼlim tizimi toʼgʼrisida batafsil maʼlumot olindi, shuningdek, taʼlim jarayonini tashkil qilish, oʼquvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar va mavjud muammolar toʼgʼrisida fikr almashildi.Tomonlar taʼlim sohasida hamkorlik aloqalarini oʼrnatishga, xususan pedagoglarning malakasini oshirish va maktablar oʼrtasida ilmiy almashinuvlarni yoʼlga qoʼyishga kelishib oldilar. Bundan tashqari, Turkiyadan Oʼzbekistonga xususan, “Eğitim Kalesi Okulları” maktabidan "Ibn Sino" maktabiga oʼqituvchilarni dars berish uchun yuborilishi borasida ham kelishuvga erishildi.Аytish joizki, bu Rishton tumani taʼlim tizimi uchun xorijiy davlat bilan birinchi hamkorlikdir. Oʼylaymizki, bunday hamkorliklar geografiyasi yildan yilga kengayadi. Rishton tumani delegatsiyasining Turkiyaga tashrifi davom etmoqda.

Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 51 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab