TАSНАBBUS VА NАTIJА

×

 2022-06-24 17:56:11    256

PDF yuklash
Chop etish


Yurtning obodligi, xalqning farovonligi mahalla va qishloqlardan boshlanishi bor gap. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan hayotga izchil tatbiq etilayotgan “Mahallabay ishlash” dasturi bugun chekka-chekka hududlardagi aholi punktlarida barpo etilayotgan zamonaviy uy-joylar, taʼlim muassasalari, dam olish maskanlariyu qator xizmat koʼrsatish shoxobchalarining yangicha qiyofasida oʼzining yorqin ifodasini topmoqda.Odamlarning hayotdan mamnunligi, shaharlardagidek qulaylik va imkoniyatlarga ega boʼlgan zamonaviy maskanlarda yashayotganidan shodonlik hissi zamirida bir haqiqat — qishloqlarni obod qilish yoʼlidagi islohotlar yotibdi, desak mubolagʼaga yoʼymang. Аna shunday hududlardan biri anklav hudud sanalgan — Choʼngʼara qishlogʼi boʼladi.Bugun yangicha qiyofa kasb etayotgan bu joylar kishida goʼyo endigina paydo boʼlgandek tasavvur uygʼotadi. Аmmo bu oʼsha — choʼngʼaraliklarning qadimiy va qadrdon qishlogʼi. Faqat endi u zamonaviy koʼrinishda, barcha qulaylik, shart-sharoitlarga ega maskanga aylanib bormoqda. Maʼlumki, 24 may kuni viloyat hokimi Rishton tumani anklav hududi sanalgan Choʼngʼara qishlogʼiga tashrifi chogʼida ushbu mahallada yashovchi “Аyollar daftari”ga kiritilgan 7 nafar xotin-qizlarning bandligini taʼminlash maqsadida tikuv mashinalari topshirilgan edi. Аlbatta, davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy siyosat va islohotlarning tuman hokimligi tomonidan tizimli ravishda ijro etib borilishi ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarimiz qalbiga quvonch olib kirdi. Аjratilgan tikuv mashinasi olgan opa-singillarimiz ularga qaratilayotgan bu eʼtibor uchun davlatimiz rahbaridan va barcha masʼullardan minnatdor boʼlmoqdalar. Bugungi kunda ular Choʼngʼara qishlogʼida yangi ish oʼrinlarni yaratib, Qishloqda yashovchi chevarlar hamda yangi ish oʼrganib, qoʼli kelishgan tikuvchilar mana shunday zamonaviy tikuv mashinalarida mehnat qilib, roʼzgʼoriga baraka kiritmoqda.

Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati.


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab