Rishton tumani delegatsiyasi Turkiyaning eng yirik kulolchilik markazlaridan biri boʼlgan “Viapot” zavodi bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatdi

×

 2022-06-24 17:34:34    244

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumani hokimi Sufhonjon Soliev boshchiligidagi rasmiylar va tadbirkorlardan iborat tuman delegatsiyasi toʼgʼridan-toʼgʼri hamkorlik aloqalari oʼrnatish maqsadida bugun Turkiyaning Bursa viloyati Kamolposho tumanida boʼldi.Bugun delegatsiya aʼzolari Turkiyaning eng yirik kulolchilik markazlaridan biri boʼlgan “Viapot” nomli yirik kulolchilik zavodida boʼlishdi. Tashrif chogʼida ishlab chiqarish jarayoni bilan ushbu zavodning bosh taʼsischisi Orxan Eraslanning oʼzi tanishtirdi va delegatsiya aʼzolariga hamrohlik qildi. Dunyoning 5 qitʼasida, 83 ta mamlakatga oʼz mahsulotlarini eksport qiluvchi ushbu korxona rahbari Orxan Eraslan hamda rishtonlik tadbirkorlar oʼrtasidagi muzokaralarda kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.Аytish joizki, Rishton kulolchilik mahsulotlari turkiyaliklarda katta taassurot qoldirdi. Joriy yilning sentyabrь oyida Kamolposho tumani rasmiylari va tadbirkorlaridan iborat delegatsiyaning Rishton tumaniga tashrifini amalga oshirishga kelishib olindi. Shuningdek, turkiyalik tadbirkorlik Rishton kulolchilik mahsulotlarni ham oʼzlari eksport qiladigan 83 ta davlatga yuborish borasida ham kelishuvga erishildi. Bundan tashqari, turkiyalik tadbirkorlar tomonidan eng yuqori texnologiyalarni tumanimizga olib borish va Yevropa bozorlarini zabt etish yuzasidan ijobiy natijalarga erishildi. Delegatsiyamiz vakillari Rishton tumani kulolchilik salohiyati, respublikamiz bozorida tutgan oʼrni haqida, shuningdek, xorijiy investorlarga hukumatimiz tomonidan berilgan imtiyozlar va qulayliklar borasida maʼlumot berishdi.Rishton va Kamolposho tumanlari oʼrtasida hamkorlik aloqalari oʼrnatish viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Fargʼona viloyati delegatsiyasining joriy yil fevralь oyida Bursaga amaliy tashrifi doirasidagi muzokaralar chogʼida belgilab berilgan edi.Uchrashuvlarda Oʼzbekistonning Bursadagi faxriy konsuli Аli Baklan ham ishtirok etdi.Rishton tumani delegatsiyasining Turkiyaga tashrifi davom etmoqda.

Rishton tumani hokimlini Аxborot xizmati.


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 1 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab