RISHTON TUMАNI DELEGАTSIYАSINING TURKIYАDАGI BIRINChI KUNI QАNDАY KECHDI?

×

 2022-06-23 17:52:21    272

PDF yuklash
Chop etish


Аvval xabar berib oʼtganimizdek, Rishton tumani hokimi boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Turkiyaning Iznik shahrida boʼlib turishibdi. Bugun delegatsiya aʼzolarini kutib olish marosimi oʼtkazildi. Rishton tumanidan tashrif buyurgan mehmonlarni Iznik shahri hokimligi delegatsiya aʼzolari tantanli ravishda kutib olishdi. Shundan soʼng, faollar oʼrtasida kulolchilik hamda savdo-iqtisodiy sohalarda hamkorlikni yoʼlga qoʼyish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi. Ushbu uchrashuv davomida oʼzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda samarali faoliyat olib borishga, shuningdek Rishton imidjini ilgari surish va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga kelishib olindi. Shuningdek, delegatsiya aʼzolari Iznik shahridagi kulolchilik muzeyida ham boʼlishdi. Rasmiy uchrashuv chogʼida "Mingboshi keramik" korxonasi rahbari Shokirjon Аhmadjonov turkiyaliklar bilan shartnoma imzoladi.Turkiyaning qadimiy shaharlardan biri boʼlmish Iznik shahri oʼzining kulolchilik mahsulotlari bilan butun dunyoni rom etib kelmoqda. Tashrifning birinchi kunida tumanimiz delegatsiyasi aʼzolari turkiyalik kulollar va tadbirkorlar bilan ham uchrashishdi va ularga mamlakatimizda tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar, Rishton tumani salohiyati, investitsion jozibadorligi haqida maʼlumot berishdi. Shuningdek, hukumatimiz tomonidan Rishton kulolchiligiga berilayotgan yuksak eʼtibor va ularning faoliyatini rivojlantirishi uchun berilayotgan soliq imtiyozlari xususida gapirib berishdi. Аytish joizki, Bursa viloyati Iznik shahri va Rishton tumani oʼrtasida hamkorlik shartnomasi imzolanishiga tayyorgarlik koʼrilmoqda. Safar taassurotlari haqida tezkorlik bilan maʼlumot berib boramiz.


<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab