TUMАN HOKIMI BOSНCНILIGIDАGI DELEGАTSIYA TАNTАNАLI KUTIB OLINDI

×

 2022-06-23 14:47:36    411

PDF yuklash
Chop etish


Maʼlumki, kecha Rishton tumani hokimi boshchiligidagi delegatsiya Turkiyaning Iznik shahriga joʼnab ketishgandi. Rishton tumani hokimi boshchiligidagi delegatsiya Iznik shahriga yetib borishdi.Bugun delegatsiya aʼzolarini rasmiy kutib olish jarayoni oʼtkazildi. Rishton tumanidan tashrif buyurgan mehmonlarni Iznik shahri hokimligi delegatsiya aʼzolari tantanli ravishda kutib olishdi. Shundan soʼng, faollar oʼrtasida kulolchilik hamda savdo-iqtisodiy sohalarda hamkorlikni yoʼlga qoʼyish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi. Ushbu uchrashuv davomida oʼzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda samarali faoliyat olib borishga, shuningdek xorijda Rishton imidjini ilgari surish va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga kelishib olindi. Shuningdek, delegatsiya aʼzolari Iznik shahridagi kulolchilik muzeyida ham boʼlishdi. Safar taassurotlari haqida tezkorlik bilan maʼlumot berib boramiz.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 65 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab