YОZGI OROMGOHNING OCНILISН MАROSIMI BOʼLIB OʼTDI

×

 2022-06-17 13:37:17    374

PDF yuklash
Chop etish


Bolalarning yozgi taʼtilini mazmunli tashkil yetish, ularning oromgohlarda dam olishi va bilim orttirishi uchun Rishton tumanida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Rishton tumanining “Qoʼrgʼoncha” mahallasida joylashgan, “Аvtomobilchi” bolalar dam olish oromgohi 2022 yilning boshida tuman hokimligi tomonidan toʼliq qayta taʼmirlanib 150 oʼrinli zamonaviy tipdagi oromgohga aylandi. “Аvtomobilchi” nomi bilan atalgan, shinam va koʼrkam koʼrinish olgan bu oromgohda bugun ochilish marosimi boʼlib oʼtdi. Hozir oromgohda 135 nafar bolajonlar hordiq chiqarishayapti. Ushbu oromgohining ochilish marosimida tuman hokimi, sektor rahbarlari, tuman Xalq taʼlimi boʼlimi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʼlimi va oromgohga aloqador boshqa tashkilotlar vakillari va ota-onalar ishtirok etishdi. Oromgohning birinchi boskichida dam olayotgan bolalar oromgohga tashrif buyurgan mehmonlarni koʼtarinki kayfiyat, oʼzlarining ijod namunalari, raqs va qoʼshiqlari bilan kutib olishdi.Oromgohga tashrif buyurgan mexmonlar qayta taʼmirlangan bolalar oromgoxi yotoqxonalari, oshxona, tibbiyot, maʼnaviyat va maʼrifat xonasi va boshqa obʼektlari bilan tanishdilar.Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi soʼz olib, mamlakatimizda yosh avlodning har jihatdan yetuk, barkamol voyaga yetishlarini taʼminlash, xususan, bolalarini sogʼlomlashtirish, yozgi taʼtilni mazmunli oʼtishini tashkil etish borasida keng koʼlamli ishlar amalga oshirilayotganligi taʼkidlandi.Ushbu oromgohda bolalar turli fan toʼgaraklariga qatnashish bilan birgalikda, musiqa, sport va bilim bellashuvlarida ham ishtirok etishadi. Ayniqsa chet tili toʼgaraklari mashgʼulotlarini malakali mutaxassis va oʼqituvchilar tomonidan olib borilishi taʼminlangan.

Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 86 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab