“Ochiq byudjet”: 12 ta loyiha uchun 8 mlrd.759 mln soʼmdan ziyod mablagʼ ajratildi
2022-06-14 14:31:31 437
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi va Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021 yil 22 apreldagi KQ-213-IV-sonli qaroriga asosan, 2022 yildan Davlat byudjeti parametrlarida byudjetning tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʼnaltirish maqsadida, Rishton tumani mahalliy byudjetidan 1-bosqichda 4 mlrd. 944 mln. soʼm mablagʼ va 2021 yildan ishlatilmay qolgan mablagʼdan 398 mln soʼm, yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʼlarining daromadlar rejasini ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan ishi 30 foizi, yaʼni 1 mld 032 mln. soʼm – jami 6 mlrd. 374 mln. soʼm mablagʼ jamoatchilik fikri asosida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʼnaltirish uchun “Fuqarolar tashabbusi jamgʼarmasi”ga oʼtkazildi.Rishton tumani “Ochiq byudjet” axborot portaliga 109 mlrd.610 mln. soʼmlik 248 ta loyiha taklifi kelib tushdi. Takliflarni koʼrib chiqish jarayonida 30 mlrd. 640.7 mln. soʼmlik 74 ta taklif belgilangan mezonlarga mos kelmagani sababli ishchi guruh tomonidan rad qilingan boʼlsa, 78 mlrd. 969.2 mln. soʼmlik 174 ta taklif belgilangan tartibda koʼrib chiqilib, keyingi bosqichga – ovoz berish jarayoniga oʼtkazildi. “Ochiq byudjet” axborot portaliga qoʼyilgan loyihalar uchun jami 83 ming 615 nafar fuqaro ovoz berish jarayonida ishtirok etdi va yakunda qiymati 6 mlrd. 374 mln. soʼmlik 8 ta loyiha gʼolib, deb topildi:1. D.Mamatqulov tomonidan “Boʼjay” qishlogʼini gazlashtirish uchun kiritilgan 1 mlrd 080 mln. soʼmlik loyiha – 10 ming 312 ta ovoz bilan;2. S.Muhitdinov tomonidan 58- sonli umumtaʼlim maktabini joriy tamirlash uchun kiritilgan 700 mln. soʼmlik loyiha – 6 ming 966 ta ovoz bilan;3. X.Sayfutdinov tomonidan “Bogʼiston MFY” ning infratuzilmasini yaxshilash uchun kiritilgan 1.0 mlrd. soʼmlik loyiha – 6 ming 859 ta ovoz bilan;4. D.Soliev tomonidan “Jaxonobod MFY” ning shagʼallashtirilgan koʼchalarni asfaltьlashtirish uchun 998.0 mln. soʼmlik loyiha – 6 ming 829 ta ovoz bilan;5. А.Аhmadqulov tomonidan “Chek Jalaer MFY” ning TP va elektr tarmogʼi tayanch ustunlari oʼrnatish,yopiq kabel tortish ishlari uchun kiritilgan 450 mln. soʼmlik loyiha – 6 ming 812 ta ovoz bilan; 6. M.Xakimova tomonidan Zoxidon qishlogʼidagi yuqimli kasalliklar shifoxonasini rekonstruktsiya qilish uchun kiritilgan 750 mln. soʼmlik loyiha – 6 ming 744 ta ovoz bilan;7. D.Nazirjonov tomonidan “Quyi Аvazboy” MFY TP va elektr tarmogʼi tayanch ustunlari oʼrnatish,yopiq kabel tortish ishlari uchun kiritilgan 596 mln. soʼmlik loyiha – 6 ming 652 ta ovoz bilan; 8. А.Moʼminov tomonidan 32-sonli umutaʼlim maktabda joriy taʼmirlash ishlarini bajarish ishlari uchun kiritilgan 800 mln. soʼmlik loyiha – 6 ming 618 ta ovoz bilangʼolib deb topildi.Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 aprelь “Tuman va shahar byudjetlari mablagʼlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yoʼnaltirish jarayonlarida fuqarolarning ishtirokini yanada qoʼllab-quvvatlash toʼgʼrisida”gi PQ-197 sonli qaroriga asosan, tuman (shahar)da 2022 yil fevralь-mart oylari davomida oʼtkazilgan tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlarida har biri 2 mingdan ortiq ovoz toʼplagan, lekin gʼolib deb topilmagan 4 ta loyihani amalga oshirish uchun jami 15 ming 337 nafar fuqaro ovoz berish jarayonida ishtirok etgan va qoʼshimcha ravishda 2 mlrd. 385 mln. soʼm mablagʼ ajratish belgilangan. Shunga koʼra:9. N.Nazirova tomonidan 14-maktabda joriy taʼmirlash ishlarini olib borish uchun uchun kiritilgan 500 mln. soʼmlik loyiha – 6 ming 018 ta ovoz bilan;10. T.Oʼrinov tomonidan 2 IDUMI yotoqxonasini rekontruktsiya qilish uchun kiritilgan 980 mln. soʼmlik loyiha – 4 ming 908 ta ovoz bilan;11. D.Xoliqov tomonidan Аrxiv binosini joriy taʼmirlash uchun kiritilgan 400 mln. soʼmlik loyiha – 2 ming 218 ta ovoz bilan;12. Gʼ.Аbdurashidov tomonidan 30 IDUM binosini joriy taʼmirlash ishlari uchun kiritilgan 505 mln. soʼmlik loyiha – 2 ming 193 ta ovoz bilan gʼolib, deya eʼtirof etildi. Umuman olganda, tumanimiz boʼyicha jami 8 mlrd. 759 mln. soʼmlik 12 ta loyiha gʼolib sifatida tanlab olinib, har bir loyiha uchun maxsus gʼazna hisobvaraqlari ochildi va “Fuqarolar tashabbusi jamgʼarmasi” maxsus gʼazna hisobvaragʼidan toʼliq tuman xokimligi, tibbiyot birlashmasi, xalq taʼlimi boʼlimi hamda tuman obodonlashtirish boshqarmasi uchun ochilgan maxsus hisobvaraqlarga oʼtkazib berildi.
Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi