Ijtimoiy himoyaga muxtoj aholi qatlamini qoʼllab-quvvatlash davom etmoqda

×

 2022-06-13 18:51:24    388

PDF yuklash
Chop etish


"Аholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qoʼllab-quvvatlashga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida"gi Prezident qaroriga muvofiq aholining ijtimoiy muhofazaga muxtoj qatlami uchun bir martalik yordam pullari toʼlab berildi va qaror bilan “Temir daftar”ga kiritilgan hamda bir martalik yordam pullarini olmagan ehtiyojmand oilalarning har bir aʼzosi uchun 20 kilogrammdan bepul un tarqatilishi belgilangan.
Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida bugun Rishton tumanidagi mahallalarda “Temir daftar”ga kiritilgan hamda bir martalik yordam pullarini olmagan ehtiyojmand oilalarning har bir aʼzosi uchun 20 kilogrammdan un tarqatish ishlari boshlandi.Tumanda “Temir daftar”ga kiritilgan hamda bir martalik yordam pullarini olmagan ehtiyojmand 551 ta oilaning 2193 nafar aʼzosi uchun 43 ming kilogramm bepul un tarqatish rejalashtirilgan boʼlib, mahallalarda navbat bilan un mahsulotini oʼz egalariga manzilli yetkazib berish ishlari davom ettirilmoqda va jarayonlar tuman hokimligi hamda sektorlar tomonidan nazoratga olingan.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 71 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab