RISНTONDА ,,ONАLАRGА EHTIROM" FESTIVАLINING TUMАN BOSQICНI OʼTKАZILDI

×

 2022-06-13 10:36:18    413

PDF yuklash
Chop etish


 Rishton tumanidagi «Shinam» tantanalar saroyida ,,Onalarga ehtirom" festivalining tuman bosqichi oʼtkazildi. Tadbirga xalq xoʼjaligining turli jabhalarida fidokorona mehnat qilgan, moʼmin-qobil farzandlar tarbiyalab, elga qoʼshgan onaxonlar, ilgʼor xotin-qizlar taklif etildilar. Tuman hokimi oʼrinbosari M. Bekmirzaeva viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tashabbusi bilan oʼtkazilayotgan mazkur festival haqida gapirib, ishtirokchilarni samimiy qutladi.  

Festival tuman bosqichida "Eng yaxshi sportchilar sulolasi onasi", "Salomatlik himoyachisi", "Eng yaxshi tadbirkorlar oilasi", "Yuz bilan yuzlashgan ona", "Eng yaxshi sohibkorlar oilasi", ,, Koʼp farzandli "Qahramon ona", "Eng yaxshi iqtisodchilar oilasi", "Eng namunali muallima", "Eng matonatli ona", "Eng yaxshi iqtisodchilar sulolasi", "Eng yaxshi olimlar sulolasi", "Eng yaxshi sohibkorlar sulolasi", "Eng yaxshi rassomlar sulolasi", "Eng yaxshi gulchilar sulolasi", "Yurt iftixorlari onasi", "Eng yaxshi oʼqituvchilar sulolasi", "Eng yaxshi shifokorlar sulolasi", "Eng yaxshi bagʼishlov sheʼr", "Eng yaxshi hunarmandlar sulolasi onasi", "Eng namunali qaynona", "Eng yaxshi bloger", "Eng yaxshi alla ijrosi", "Eng yaxshi rasm", "Eng yaxshi maʼrifatli farzandlar tarbiyalayotgan ayol", "Eng yaxshi sanʼatkorlar sulolasi onasi", "Eng yaxshi xarbiylar sulolasi onasi", "Eng yaxshi tadbirkorlar" sulolasi" kabi nominatsiyalar gʼoliblari tuman hokimi faxriy yorligʼi va qimmatbaho sovgʼalari bilan taqdirlandilar.  Tuman madaniyat boʼlimi badiiy havaskorlari ijrosidagi kuy-qoʼshiqlar tadbirga yanada fayz kiritdi. 


Rishton tumani hokimligi axborot xizmati.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 79 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab