Sayyor sud oʼtkazildi

×

 2022-06-10 13:01:46    451

PDF yuklash
Chop etish


Jinoyat ishlari boʼyicha Rishton tuman sudi tomonidan 2022 yil 6 iyun kuni Rishton tuman Tibbiyot texnikumi binosida sayyor sud majlisida Rishton tumani IIB boshligʼining Rishton tumani IIO Probatsiya guruhida ruyxatda turib jazo muddatini oʼtayotgan 11 nafar maxkumlarni JKning 73-moddasiga asosan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish haqidagi va 2 nafar mahkumni tayinlangan jazoni ogʼirroq turiga almashtirish toʼgʼrisidagi taqdimnomalari koʼrib chiqilib, 11 nafar mahkum jazoni oʼtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi va 2 nafar mahkum belgilangan jazoni oʼtashdan qasddan boʼyin tovlaganligi sababli ogʼirroq jazo turiga almashtirildi.Shuningdek, sayyor sud majlisidan soʼng jinoyat ishlari boʼyicha Rishton tuman sudi tomonidan chiqarilgan va qonuniy kuchga kirgan sud qarorlar xamda xususiy ajrimlari muhokama qilindi. Bundan tashqari, qonunchilikka kiritilgan soʼnggi oʼzgartirish va qoʼshimchalarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi va jamoatchilikka yetkazilib, jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida qilinishi lozim boʼlgan vazifalar belgilab olindi.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 60 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab