Rishton tumanida gʼalla oʼrim-yigʼimi boshlandi

×

 2022-06-06 19:20:42    420

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumani gʼallakorlari joriy yil hosili uchun 5 ming 950 gektar maydonga boshoqli don ekib, parvarishladi. Mirishkorlar fermerlar mavsumning har bir kunidan unumli foydalangan holda moʼl hosil yetishtirdi.Tumanda joriy yil 248 ta fermer xoʼjaliklari tomonidan, 5 ming 950 gektar gʼalla maydonlaridan belgilangan rejadagi 16 ming 288 tonna (shundan 1 ming 690 tonna urugʼlik gʼalla)dan ortiq sifatli don ishlab chiqarish koʼzda tutilgan.Mavsumni oʼz vaqtida yakunlash maqsadida 24 ta otryad tashkil qilingan.– Yaxshi niyatlar bilan boshlangan joriy yilgi mavsumda tumanning Markaziy Fargʼona xududidagi Yoshlik, Istiqlol, S.Rajabov, M.Keldiev nomli MMTPlar hududlarida birinchilardan boʼlib gʼalla oʼrim-yigʼimiga kirishildi, – deydi tuman qishloq xoʼjaligi boʼlimi boshligʼi Maxmudov Murodjon. Bu yilgi yangi tizim asosida 1 iyundan boshlab gʼallani davlat tomonidan sotib olish va sotishda bozor narxlariga oʼtilmoqda. Davlat resurslari uchun sotib olinadigan 1 tonna bugʼdoy narxi oʼtgan yilgi 1,5 million soʼmdan bu yil 3 million soʼmga oshirildi. Shu narxda xarid qilingan bugʼdoy oyma-oy birjaga chiqariladi, agar narxlar oshsa, fermerlarga oʼrtadagi ijobiy farq ham toʼlab beriladi. Bu esa fermerlarimiz va gʼallachilik klasterlar uchun juda katta imkoniyatdir.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 65 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab