Rishton tumanida “Yangi Oʼzbekiston – inson qadri ulugʼlangan yurt” shiori ostidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar doirasida katta gala-kontsert oʼtkazildi

×

 2022-06-03 06:42:14    440

PDF yuklash
Chop etish


Fargʼona viloyatida joriy yilning 30 may – 6 iyun kunlari “Yangi Oʼzbekiston – inson qadri ulugʼlangan yurt” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʼtkazilmoqda. “Maʼnaviyat festivali” doirasida viloyatimizga Toshkent shahridan ilm-fan, madaniyat, sanʼat, adabiyot va badiiy ijod vakillaridan iborat katta bir guruh tashrif buyurdi. Mahalla fuqarolar yigʼinlarida kontsert dasturlari, teatrlashtirilgan tomoshalar, ijodiy uchrashuvlar, eng sara kinofilьmlar namoyishi boʼlib oʼtmoqda. Rishton tumani maskanlarida ham ushbu maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar doirasida aholi vakillari bilan uchrashuvlar boʼlib oʼtmoqda. Mazkur tantanalar doirasida mahallalardagi “Temir daftar”, “Аyollar daftari” va “Yoshlar daftari” ga kiritilgan oilalarning holidan xabar olinishi, umuman, chekka-chekka hududlarga ham bugungi dorilamon kunlar shukuhini olib kirilishi maqsad qilingan. Uchrashuvlarda aholiga yurtimizda Yangi Oʼzbekistonni bunyod etish yoʼlida amalga oshirilayotgan keng koʼlamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni aniq hayotiy misollar orqali sodda va tushunarli shaklda yetkazishga eʼtibor qaratilmoqda.Аyniqsa, bugun oqshom tumanimizdagi “Xalqaro kulolchilik markazi”da oʼtkazilgan tadbirlar doirasida tashkillangan ijodiy uchrashuv va katta gala-kontsert tuman ahliga manzur boʼldi. Tumanimizga maʼnaviyat karvoni boʼlib poytaxtimizdan tashrif buyurgan hamda viloyatimiz sanʼatkorlari, el ardogʼidagi shoir, yozuvchilar, maʼnaviyat targʼibotchilari va soʼz ustalari oʼzlarining chiqishlari bilan barchaga hush kayfiyat, qalblarga bir olam shodlik ulashdilar.Bugungi tadbir soʼngidagi mushakbozlik jarayonlari esa uning jozibali xotimasiga sababchi boʼldi.Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar dorirasida ertaga tumanimizdagi “Istirohat bogʼi”da kinofilьmlar namoyishi boʼlib oʼtadi.


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab