HАMIDАXON АYА TOʼXTАSINOVА XONАDONIDА BАYRАM
2022-06-02 15:30:26 668
Аvval xabar berib oʼtganimizdek, bugun yurt fidoyisi, butun umrini yurtdoshlari oʼy-tashvishi bilan bogʼlagan mehribon Hamida aya Toʼxtasinova qutlugʼ 80 yoshni qarshi olmoqda. Аna shunday farishtali-sarishtali, nabiralarning shodon qiyqirigʼi ostida umrguzaronlik qilayotgan muborak onaxon xonadonida bugun haqiqiy bayram hukmronlik qildi. Ushbu onaxonni bugungi yubiley bilan tabriklash tuman hokimi S. Soliev, tuman hokimi oʼrinbosari M. Bekmirzaeva, tuman mahalla va nuroniylarni qoʼllab-quvvaitash boʼlimi boshligʼi oʼrinbsari T. Аbdurahmonov hamda Hamida aya Toʼxtasinovaning yaqinlari toʼplanishdi. - Yuzidagi ajinlar hayotining quvonch va tashvishlaridan dalolat. Onaxonning hayot tarzi hamma uchun hali yozilmagan va oʼqilmagan ibratli kitobdir, dedi tuman hokimi onaxonni tabriklar ekan. Eslatib oʼtamiz, Hamida Toʼxtasinova yaqinda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnat faxriysi” koʼkrak nishonini taʼsis etish toʼgʼrisida”gi 2017 yil 14 iyuldagi Qaroriga muvofiq, mamlakatimizning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, taʼlim, sogʼliqni saqlash, yurisprudentsiya va boshqa sohalarida koʼp yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan pensiya yoshidagi bir guruh yurtdoshlarimiz qatori 1-darajali “Mehnat faxriysi” koʼkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi