Rishton tuman hokimi S. Solievning 1 iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bayrami munosabati bilan bolalarga TАBRIGI

 2022-06-01 17:40:24    393

PDF yuklash
Chop etish


Аssalomu alaykum aziz tumandoshlar!
Oʼzbek xalqi azal-azaldan bolajon xalqlardan hisoblanib, oʼz farzandining yorqin kelajagi uchun jonini ham ayamasligi barchamizga maʼlum. Shuning isboti sifatida yurtimizda bir qator bayramlar, anʼanalar bolajonlar quvonchi uchun tashkil etiladi.Xoh sport sohasida boʼlsin, xoh madaniyat sohasida boʼlsin, jajji bolajonlar oʼzlarining shirin tillari, murgʼak qalbi bilan oʼz ijodlari orqali namoyon etib kelishmoqda.Jonajon yurtimizda kelajagimiz egalarining kamoliga har jihatdan yuksak eʼtibor qaratilib, ularga beqiyos gʼamxoʼrliklar koʼrsatilib kelinmoqda. 1 iyun - "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" ana shunday eʼtiborning yorqin ifodasi sifatida keng nishonlanadi. Аslida oʼsib kelayotgan yosh avlodni himoya qilish zamirida hayotni uning davomiyligini asrab avaylash mohiyati yotadi. Ular toʼgʼrisidagi har qanday gʼamxoʼrlik esa yurt ravnaqi uchun poydevor demakdir. Bugun ertamiz egalariga koʼrsatilayotgan eʼtibor kelajakda ularning vatanga sadoqatli jismonan va manan barkamol boʼlib yetishishida muhim omil hisoblanadi.Hozirgi kunda yurtimizda va dunyoda yuz berayotgan pandemiyaga qaramasdan bolajonlarni boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etilishiga erishildi - desak mubolagʼa boʼlmaydi.

Аziz doʼstlar, bolalar, yosh avlod!

Sizlarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan chin qalbdan muborakbod etaman. Har birimiz uchun eng yorqin, eng pokiza va goʼzal xotiralar bevosita bolalik davri bilan bogʼliq. Ushbu davr har biringiz uchun butun dunyo chegarasiz, osmon esa cheksiz koʼrinadigan bir davrdir, shuningdek, ushbu davr siz moʼjizalarga chin dildan ishonadigan va har bir boshlanadigan yangi kundan zavqlanib yashaydigan vaqtingizdir. Vaqt oʼtgani sayin bolalik bilan bogʼliq hissiyotlar maʼlum maʼnoda insondan uzoqlashishi mumkin, biroq biz hayotimiz davomida bolalik taassurotlarini har doim ich-ichimizdan his qilamiz. Shu sababli, ushbu bayram nafaqat yosh avlod uchun, balki yosh avlodni har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun masʼul boʼlgan shaxslar uchun ham ahamiyatlidir.Ushbu bayram bizning bolalar oldidagi masʼuliyatimizni yanada oshirib, uning yashash, taʼlim olish, dam olish va boʼsh vaqtini unumli oʼtkazish bilan bogʼliq huquqlarini taʼminlash, ularni turli xil jismoniy va psixologik zoʼravonliklardan, majburiy mehnatdan himoya qilish zarurligini eslatib turadi. Zero, bola huquqlarini taʼminlash va kafolatlash insonparvar va adolatli jamiyatni shakllantirish uchun zarur shart-sharoit sifatida namoyon boʼladi.Bugungi jamiyatimiz oldida turgan asosiy vazifa – farzandlarimizni aqlli, odobli, bilimli qilib tarbiyalashdan iboratdir. Ular ishonchli himoya ostida boʼlishlari va oʼz hayotini muakkammal darajada yoʼlga qoʼyishlari uchun biz barcha chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz lozim. Yurtimizda iqtidorli bolalar juda koʼp. Аziz bolalarim bayram muborak boʼlsin, barcha ishlaringizga omad va zafarlar, hayotingizga esa baxt, quvonch va sogʼlik tilab qolaman! Kattalarning eʼtibori va gʼamxoʼrligi, mehri va qaynoq tafti doimo hamrohingiz boʼlsin.Yosh avlodning sogʼlom, baxtli boʼlishi, maʼnaviy va axloqiy jihatdan rivojlanishi, shuningdek jamiyat uchun foydali inson boʼlib voyaga yetishida oʼz hissasini qoʼshib kelayotgan barchaga oʼz minnatdorchiligimni bildiraman.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 62 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab