Yuzlaringdan baxt porlasin, bolajon!

×

 2022-06-01 15:51:04    488

PDF yuklash
Chop etish


Yoz fasli bolalar uchun gʼoyat zavqli va quvnoq tarzda boshlanadi. Bugun – yoz faslining ilk kunida koʼcha va xiyobonlar, istirohat bogʼlari baxtdan yuzlari porlagan bolajonlar bilan yanada gavjum. Bu kun kelajagimiz davomchilari uchun katta tantana tusini olgan.
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni mamlakatimizda har yili koʼtarinki kayfiyatda, bolalarga xos samimiy ruhda nishonlanadi. Rishton tumanida ham Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Bolalarga bering dunyoni” shiori ostida bayram tadbirlari boʼlib oʼtdi.Bayramona bezatilgan sahna jajji bolajonlarning oʼyin-kulgulariga toʼldi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tomonidan tayyorlangan ertak qahramonlarining chiqishlari, kontsert dasturlari, baxtli bolalikni tarannum etuvchi kuy-qoʼshiqlar, quvnoq raqslar nafaqat jajji bolajonlar, balki boshqa ishtirokchilar qalbiga ham olam-olam quvonch bagʼishladi.Darhaqiqat, oilaning quvonchi farzand bilan. Bayramlar ham bolalar bilan totli. Ularning xursandchiligi barchamizning baxtimiz, ularning quvonchi bizning ham quvonchimizdir.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab