Rishton tumanida “Yangi Oʼzbekiston–inson qadri ulugʼlangan yurt” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar koʼtarinki ruhda davom etmoqda!
2022-05-31 14:15:20 342
Аvval xabar qilinganidek, viloyatimiz maskanlari, mahalla fuqarolar yigʼinlarida “Yangi Oʼzbekiston –inson qadri ulugʼlangan yurt” shiori ostida kontsert dasturlari, teatrlashtirilgan tomoshalar, ijodiy uchrashuvlar va eng sara kinofilьmlar namoyishi boʼlib oʼtishi belgilangan.Rishton tumanida “Yangi Oʼzbekiston – inson qadri ulugʼlangan yurt” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar davom etmoqda.Ijodiy bayram shukuhi deyarli har bir mahallani qamrab olmoqda. Navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir va kontsert dasturi “Dorulomon” mahalla fuqarolar yigʼinidagi “Vatanparvar" tashkilotida davom etdi. Tuman aholisi, yoshlar vakillari va tumanimiz mehmonlari jam boʼlayotgan tadbirda poytaxtimizdan tashrif buyurgan hamda viloyatimizning yetuk madaniyat va sanʼat namoyandalari, maʼnaviyat targʼibochilari ishtirokida turkum dasturlar, badiiy chiqishlar namoyish etilmoqda. Tadbirda Oʼzbekiston yozuvchilar Uyushmasi raisi oʼrinbosari Gʼayrat Majid, Muqimiy nomidagi Oʼzbekiston davlat musiqali teatri aktyori Muhabbat Sotiboldieva, estrada xonandasi, “Nihol” mukofoti sovrindori Iroda Iskandarova, taniqli xonanda Mohira Аsadova, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori, “Maʼrifat” targʼibotchilar jamiyati aʼzosi Nigora Saidalieva va tumanimiz ijodkorlari ishtirok etishmoqda.Elimiz suygan xonandalar, kino va teatr aktyorlari, taniqli olimlardan iborat maʼnaviyat targʼibotchilari tashrifi rishtonliklar qalbiga bir olam quvonch ulashmoqda.Yangi Oʼzbekiston – inson qadri ulugʼlangan yurt” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir soat 14:00da tuman "Madaniyat" saroyida boʼlib oʼtadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi