Rishton tumanida “Yangi Oʼzbekiston–inson qadri ulugʼlangan yurt” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar koʼtarinki ruhda boshlandi!

×

 2022-05-30 13:21:55    411

PDF yuklash
Chop etish


Аvval xabar qilinganidek, viloyatimiz maskanlari, mahalla fuqarolar yigʼinlarida “Yangi Oʼzbekiston –inson qadri ulugʼlangan yurt” shiori ostida kontsert dasturlari, teatrlashtirilgan tomoshalar, ijodiy uchrashuvlar va eng sara kinofilьmlar namoyishi boʼlib oʼtishi belgilangan.Bugun Rishton tumanida ushbu keng qamrovli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar koʼtarinki kayfiyatda boshlandi. Bugun tadbir ishtirokchilarini tuman hokimi va sektor rahbarlari tantanali kutib olishdi. Poytaxtimizdan tashrif buyurgan hamda viloyatimizning yetuk madaniyat va sanʼat namoyandalari, maʼnaviyat targʼibochilari tumanimiz maskanlari boʼylab aholi vakillari bilan uchrashmoqdalar. Mehmonlar dastlab, Rishton tumani Nosgar mahallasida joylashgan "Ergash ota Sanginov" nomli kutubxonada boʼlib, u yerdagi qadimiy va zamonaviy kitoblar bilan tanishishdi. Bevosita xonadon egalari bilan suhbat oʼtkazilib, kitoblar jamlanmalari sovgʼa qilindi. Shundan soʼng maʼnaviyat targʼibotchilari, madaniyat va sanʼat sohasi vakillari Toʼraobod mahallasida boʼlib, hudud aholisi bilan uchrashdilar. Ushbu maskanda ham Yangi Oʼzbekistonni bunyod etish yoʼlida amalga oshirilayotgan keng koʼlamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlar borasidagi aniq hayotiy misollarga asoslangan mazmunli suhbatlar hamda madaniy-maʼrifiy dasturlar barchaga manzur boʼldi. Tadbir doirasidagi uchrashuvlar tuman hududlari boʼylab davom etmoqda.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 64 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab