BАYRАM TАDBIRI OʼTKАZILDI

×

 2022-05-28 19:03:11    388

PDF yuklash
Chop etish


Bugun tumanimizdagi “Baxt” toʼyxonasida Oʼzbekiston koʼzi ojizlar jamiyati tashkil etilganligining 90 yilligini munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Bayram tadbirida sektor rahbarlari, tuman hokimi oʼrinbosarlari ishtirok etishdi. Maʼlumki, mamlakatimizda sunggi besh yilda nogironligi bulgan shaxslar, jumladan, koʼzi ojiz fuqarolarni manzilli ijtimoiy himoya qilish, ularga samarii tibbiy va ijtimoiy yordam koʼrsatish, nogironligi boʼlgan shaxslarni qoʼllab-quvvatlash borasida keng qamrovli ishlar bajarildi.Xususan, koʼzi ojiz shaxslarni manzilli ijtimoiy himoya bilan qamrab olish kengaytirilib, ularni qoʼllab-quvvatlashga eʼtibor qaratilmoqda. Oʼzbekiston koʼzi ojizlar jamiyati tashkil etilganligining 90 yilligini munosib oʼtkazish maqsadida oʼtkazilgan tadbir ham koʼtarinki ruhda oʼtib, nogironligi boʼlgan fuqarolarimiz uchun oʼziga xos sovgʼa boʼldi. Tadbirda tuman madaniyat boʼlimi xodimlari va taniqli qiziqchi Аbdurahmon Siddiqovlar oʼz chiqishlari bilan ishtirokchilarni xushnud etishdi.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab