“Qoziahror” mahallasining yoshlaridan iborat jamoa tuman chempioni!

×

 2022-05-27 14:07:08    429

PDF yuklash
Chop etish


Аholi oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini keng targʼib qilish, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʼullanishiga, xususan, sportning mini-futbol va futbol turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni erta aniqlash maqsadida start olgan Davlat xavfsizlik xizmati kubogi uchun mini futbol boʼyicha Rishton tuman birinchiligining final bahsi boʼlib oʼtdi.Final oʼyinida oldingi bosqichlarda muvaffaqiyat qozongan “Qoziahror” va “Mevazor" mahallalaridagi yoshlardan iborat jamoalar toʼp surdilar.Murosasiz bahslarda “Qoziahror” mahallasining yoshlari 4:2 hisobida gʼalaba qozonishdi va tuman chempioni sifatida musobaqaning viloyat bosqichiga yoʼllanma oldi. Bugun «Markaziy» oʼyingohda katta futbol boʼyicha DXX kubogi final uchrashuvi oʼtkaziladi. Unda «Buston» va «Guliston» MFY jamoalari maydonga tushishadi. Futbol muxlislarini stadionga chorlab qolamiz. Uchrashuv soat 16:00da start oladi.

Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab