IMTIYОZLАR KIMLАRGА BERILАDI?
2022-05-26 06:05:52 399
Bugun Rishton tuman hokimiligi axborot xizmati hamda tuman oila va xotin-qizlar boʼlimi hamkorligida "Rishton tumanida xotin-qizlarga OTMlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar haqida" toʼgʼrisida ochiq muloqot oʼtkazildi. Muloqotda tuman oila va xotin-qizlar boʼlimi boshligʼi M. Bekmirzaeva hamda mahalladagi xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi. Muloqot davomida tavsiyanomalar Oila va xotin-qizlar davlat qoʼmitasi tomonidan bir marta beriladi va u 3 yil muddatga amal qilishi boʼyicha maʼlumot berildi. - Juda koʼp xotin-qizlar "tavsiyanoma oldim, endi aniq oʼqishga kiraman" deb oʼylayapti. Аmmo bu xato. Tavsiyanomadan tashqari ular yuqori ball ham toʼplashi kerak, yaʼni bilim ham muhim.Tavsiyanoma berilgan xotin-qizlarga respublika boʼylab kunduzgi taʼlimga davlat granti asosida jami 2000 ta QOʼShIMChА kvota ajratilgan. Sirtqi va kechki taʼlimda imtiyoz berilmaydi.‼️Beshta yoʼnalishni tanlaganda, tavsiyanoma faqat 1-yoʼnalishga oʼtadi. 2 va undan keyingi yoʼnalishlarda qoʼshimcha kvota berilmaydi, umumiy tartibda tanlovda qatnashiladi.Tegishli tavsiyanomasi bor xotin-qizlar har yili oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʼnalishiga kirish uchun xujjatlarni topshirish muddatlarida oʼrnatilgan tartibda maxsus elektron tizim orqali roʼyxatdan oʼtkaziladi.Mazkur tartib oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga, Oʼzbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi