«Eng yosh Mirzo Ulugʼbek vorisi» nominatsiyasi gʼolibi taqdirlandi

×

 2022-05-22 10:24:31    300

PDF yuklash
Chop etish


21 may kuni Innovatsion rivojlanish vazirligida Fargʼona viloyati Rishton tumanidagi 27-maktabning 5-sinf oʼquvchisi Sodirov Аkmaljon oʼgʼli oʼqishda va turli xalqaro tanlovlarda erishgan yutuqlari, noyob qobiliyati uchun mukofotlandi. Innovatsion rivojlanish vazirligi xodimlari ishtirokida vazir, akademik Ibrohim Аbdurahmonov Muhammadazizga muvaffaqiyatlarini yuqori baholab, bundanda katta yutuqlarga erishishiga ishonch bildirdi.Fargʼona viloyati Rishton tumanidagi 27-umumtaʼlim maktabining 5-sinf oʼquvchisi Sodirov Muhammadaziz Аkmaljon oʼgʼli 6 yoshidan mental arifmetika musobaqalariga qatnashib faxrli oʼrinlarni egallab kelmoqda.2018 yil Respublika bosqichida faxrli 1-oʼrinni egallab, Rossiya Federatsiyasi Moskva shahrida boʼlib oʼtgan 25-«Аloha» xalqaro mental arifmetika musoboqasida 35 davlatdan turli yoshdagi isteʼdodlar orasida faxrli 1-oʼrinni egallab chempion boʼldi. 2019 yil Toshkentda boʼlib oʼtgan musobaqada gʼoliblikni qoʼlga kiritdi va shu yili Xitoy davlatida 42 ta davlat oʼrtasida oʼtkazilgan musobaqada 3-oʼrin sohibi boʼlgan. 2021 yil ham Oʼzbekistonda kichik yoshdagi bolalar oʼrtasida oʼtkazilgan mental arifmetika musobaqasida chempion boʼlgan.Isteʼdodli yoshlarni qoʼllab-quvvatlash «Ulugʼbek» jamgʼarmasi tomonidan oʼtkazilayotgan «Mirzo Ulugʼbek vorislari» Respublika tanlovi komissiya aʼzolarining qaroriga muvofiq, Sodirov Muhammadaziz Аkmaljon oʼgʼli "Eng yosh Mirzo Ulugʼbek vorisi" nominatsiyasiga loyiq topildi.


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab