“SOGʼLOM HАYОT UCНUN BESН MING QАDАM”

×

 2022-05-20 16:16:38    461

PDF yuklash
Chop etish


Maʼlumki, yurtimizda aholi salomatligi muhofazasi birlamchi oʼrindadir. Аyniqsa, soʼnggi yillarda bu masalada asosiy eʼtibor kasalliklar bilan kurashishga emas, aholining tibbiy va sanitar-gigienik madaniyati darajasini oshirish hamda tizimli profilaktikaga qaratilmoqda.Rishton tumanida aholi oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini targʼib qilishga qaratilgan «5 ming qadam» aktsiyasi koʼtarinki ruhda oʼtkazilib kelinmoqda.Tumanimizda boʼlib oʼtgan navbatdagi 5 ming qadam piyoda yurish aktsiyasida hamma birdek sogʼlom hayot tarzini targʼib etib, jismoniy faollik koʼrsatayotgani barchamizni quvontirdi.Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti tomonidan kamharakatlilik oqibatida kelib chiqayotgan koʼplab kasalliklarning oldini olishda ham jismoniy faollik, jumladan, piyoda yurish turli xil kasalliklarga immunitet hosil qilishda koni foyda ekanligi qayd etilgan.Eʼtiborli jihati, yurish barcha sport turlari orasida eng osoni va qulayidir. Buning uchun juda koʼp energiya sarflashning hojati yoʼq, ijobiy taʼsiri esa juda yuqori.Hayotingizning birlamchi muhim omili boʼlgan sogʼligingizga vaqtida eʼtibor qaratib, kuningizning maʼlum bir vaqtini oilangiz yoki doʼstlaringiz bilan piyoda yurish bilan oʼtkazing!


<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 124 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab