Muammo, murojaat va yechim – qabul murojaatlarning manzilli hal etilishiga xizmat qiladi

×

 2022-05-19 18:23:21    323

PDF yuklash
Chop etish


Yurtimizda amalga oshirilayotgan har bir islohot inson qadri uchun xizmat qilmogʼi lozim va bu tamoyil bugungi kunda oliy qadriyat darajasiga koʼtarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʼyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda oʼtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.Rishton tumanida ham tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan mahallalarda belgilangan rejaga asosan jismoniy va yuridik shaxslar uchun qabullar oʼtkazib kelinmoqda. Navbatdagi qabulda fuqarolarning murojaatlari masʼullar ishtirokida tinglanib, shu joyning oʼzida koʼrib chiqildi. Qabul davomida fuqarolarning uy-joy rasmiylashtiruvi, elektr energiyasi taʼminoti, ichimlik suvi, yoʼl va boshqa masalalardagi 35 ta murojaati qabul qilindi. Murojaatlarning 15 tasi shu joyning oʼzida ijobiy hal etib berildi. Kelib tushgan murojaatlarning 12 tasiga tuman hokimi va masʼullar tomonidan tushuntirish berilib, koʼtarilgan masalalar kelgusida amalga oshiriladigan dasturlar doirasida hal etilishi bildirildi. Ijrosi muddat va masʼullar tomonidan qoʼshimcha oʼrganish talab qiladigan 8 ta murojaatga muddatlar belgilanib, masʼullarga ijro uchun yoʼnaltirildi hamda ijrosi nazoratga olindi.Аlbatta bu kabi qabullarda aholi murojaatlarini joyida oʼrganish va hal etish orqali mavjud muammolarning bartaraf etilishi, aholining roziligini taʼminlaydi.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab