Sayyor qabul boʼlib oʼtdi
2022-05-17 18:33:15 361
Аholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etishning samarali mexanizmi va usullari joriy etilgani mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yoʼnalishiga aylandi. Odamlarning dardini eshitish, ogʼirini yengil qilish yurtdoshlarimizning adolatga, davlatga boʼlgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilayotir. Bugun tumanimizning “Dehqonobod” mahalla fuqarolar yigʼinida viloyat IIB boshligʼi M. Joʼraevning sayyor qabuli boʼlib oʼtdi.Ushbu sayyor qabulda tuman hokimi, viloyat IIB boshligʼining oʼrinbosalari, tuman sektor rahbarlari,viloyat va tuman korxona-tashkilot rahbarlari va tuman Xalq qabulxonasi xodimlari ishtirok etishdi.Sayyor qabul jarayonida aholi tomonidan bildirilgan uy-joy taʼminoti, kredit olish, oilaviy nizolar, davolanish uchun pul mablagʼi olish, moddiy yordam olish, sud-huquq, ishga joylashish murojaatlari yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.Kelib tushgan murojaatlarga tegishliligi boʼyicha qonuniy yoʼl-yoʼriq koʼrsatilib, tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Murojaatlarni oʼz muddatlarida oʼrganib chiqilishi boʼyicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Oʼtkazilgan ushbu sayyor qabulda 50 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etishdi.Qabul jarayonida tuman aholisidan 25 ta murojaatlar qabul qilinib, shundan 8 ta murojaat joyida ijobiy hal qilindi. 3 ta murojaat yuzasidan Qolgan 14 murojaatlar muddat talab qilganligi sababli tegishli tashkilot rahbarlariga koʼrsatma berilib, ijrosi nazoratga olindi.Sayyor qabulda Dehqonobod mahallasi fuqarolari tomonidan shagʼallashtirish yuzasidan qilingan murojaat joyida hal etilib, bugunning oʼzida ushbu mahallaning 600 metr masofadagi ichki yoʼllar shagʼallashtirildi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi