Nomzodlarga ovoz berish boshlandi

 2022-05-16 18:41:35    265

PDF yuklash
Chop etish


Oʼzbekiston Respublikasining fuqarolar yigʼini saylovi toʼgʼrisidagi qonuni hamda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qaroriga asosan, bugun Rishton tumanidagi mahallalarda fuqarolar yigʼini raislari saylovi boshlandi.Mahallalarda saylovlar oshkoralik, muqobillik hamda teng saylov huquqi tamoyillari asosida oʼtkazilmoqda. Fuqarolar raislikka nomzodlarning maʼruzasi, kelgusi faoliyati dasturi bilan tanishib, yashirin ovoz berish orqali oʼz saylov huquqlarini amalga oshirmoqda.Bugun tumanning 4 ta hududida “Yuqori Аvazboy”, “Yuqori Beshkapa”, “Dehqonobod” va “Dahbed” mahallalarida saylovlar oʼtkazilib, fuqarolar vakillari oʼzlari munosib deb bilgan nomzodlar uchun ovoz berdilar.Fuqarolar yigʼinlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va oʼtkazishga koʼmaklashuvchi tuman komissiyasi raisi Mahmudjon Mamjonovning aytishicha, saylov oʼtkazilgan mahallalarda aholining faolligi kuzatilmoqda. Аmaldagi qonunchilikka asosan, mahalla rasilari uch yil muddatga saylanadi. Rishton tumani fuqarolar yigʼinlari raislari saylovini tashkil etish hamda oʼtkazishga koʼmaklashuvchi komissiyasi tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan, 3 iyunga qadar mahalla raislari saylovlari tumanimizdagi barcha mahallalarda oʼtkaziladi.
Bugun oʼtkazilgan saylov natijalari bilan tanishing:"Yuqori Аvazboy" mahallasida ochiq va oshkora boʼlib oʼtgan mahalla raisi saylovida koʼpchilik ovoz bilan Murodjon Mastonov MFY raisi lavozimiga saylandi.
"Yuqori Beshkapa" mahallasida ochiq va oshkora boʼlib oʼtgan mahalla raisi saylovida koʼpchilik ovoz bilan Zafarjon Аbdurahmonov MFY raisi lavozimiga saylandi.
"Dehqonobod" mahallasida ochiq va oshkora boʼlib oʼtgan mahalla raisi saylovida koʼpchilik ovoz bilan Olimjon Haydarov MFY raisi lavozimiga saylandi.
"Dahbed" mahallasida ochiq va oshkora boʼlib oʼtgan mahalla raisi saylovida koʼpchilik ovoz bilan Muzaffar Tursunov MFY raisi lavozimiga saylandi.


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab