MUROJААTGА MUNOSАBАT – 2

 2022-05-16 16:59:15    326

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlarda “ Navbatdagi murojaat Rishton tumani, Yuqori Аvazboy MFYdan. Saylov masalasidagi haqsizliklar haqida boʼldi. Murojaatchilarning taʼkidlashicha, amaldagi rais qayta saylanish uchun barcha tanish-bilishlarini saylovchilar roʼyxatiga kirgizgan ekan...” nomli murojaat yuzasidan Fuqarolar yigʼinlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish hamda saylovni tashkil etishga koʼmaklashuvchi tuman komissiyasi quyidagilarni maʼlum qiladi. Fuqarolar yigʼini raisi (oqsoqoli) saylovi toʼgʼrisida qonunning 14 –moddasiga asosan tuzilgan fuqarolar yigʼini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va oʼtkazish boʼyicha ishchi guruhi tomonidan oʼz vakolatlari doirasida Qonunning 15- moddasiga muvofiq, hovlilar, uylar, koʼchalar aholisining fuqarolar vakillari saylovi boʼyicha umumiy yigʼilishlarini tashkil etaishi va oʼtkazishi;hovlilar, uylar, koʼchalar aholisi umumiy yigʼilishining ishtirokchilarini roʼyxatga oladi hamda fuqarolarning saylangan vakillari haqidagi maʼlumotlarni koʼrsatgan holda aholining umumiy yigʼilishi bayonnomasini tuzishi;tegishli komissiyaga taqdim etish uchun fuqarolar yigʼini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar boʼyicha takliflarni tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolarning fikrini inobatga olgan holda tayyorlashi;fuqarolar yigʼini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va oʼtkazish masalalari yuzasidan aholi oʼrtasida tushuntirish ishlarini olib borishi;fuqarolar yigʼini raisining (oqsoqolining) takroriy saylovi, shuningdek boʼshab qolgan oʼrinlarga fuqarolar yigʼini raisi (oqsoqoli) saylovi oʼtkazilishini tashkil etishi;fuqarolar yigʼini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va oʼtkazish masalalari boʼyicha fuqarolarning murojaatlarini koʼrib chiqishi belgilangan. Shunga muvofiq Yuqori Аvazboy MFYda ham ishchi guruhi tashkil etilib, fuqarolar yigʼini raisi (oqsoqoli) saylovida ovoz berish mumkin boʼlgan fuqarolar roʼyxati shakllantirilgan. Ushbu roʼyxatga kimlarni kiritish ushbu mahalladagi ishchi guruhi tomonidan belgilanadi. Shu oʼrinda OАV vakillari, jurnalistlar va blogerlarga fuqarolar yigʼini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va oʼtkazish masalalari boʼyicha kelib tushgan murojaatlar yuzasidan Fuqarolar yigʼinlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish hamda saylovni tashkil etishga koʼmaklashuvchi tuman komissiyasi raisi yoki uning oʼrinbosarlari bilan bogʼlanish mumkinligini eslatib oʼtamiz. 


Komissiya raisi:

Mamajonov Mahmudjon Mirzasharipovich – +998 (90) 407 44 40

Komissiya raisi oʼrinbosarlari:

Mamadaliev Qahramon Tojiboevich – +998 (90) 274 19 00

Xojixonov Xudoyorxon Kimsanxonovich – +998 (90) 407 57 00


<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab