Hokim yordamchilariga planshetlar berildi
2022-05-16 11:37:59 411
Rishton tumanidagi 71 ta mahallada faoliyatini olib borayotgan hokim yordamchilarining ish samaradorligini yanada oshirish maqsadida ularning har biriga zamonaviy planshetlar topshirildi.Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan hokim yordamchilari uchun maxsus planshetlar ajratildi.Bugun Rishton tumani hokimligida boʼlib oʼtgan uchrashuvda planshetlar sektor rahbarlari tomonidan hokim yordamchilari va Respublikadan tumanga biriktirilgan vakillarga topshirilib, bundan koʼzlangan maqsad va vazifalar toʼgʼrisida maʼlumot berildi.Qoʼshimcha ravishda klaviatura bilan ham jihozlangan mazkur planshetlarda barmoq izi skaneri yordamida shaxsni tasdiqlash kabi imkoniyatlar mavjud boʼlib, hokim yordamchilariga koʼpgina vazifalarni mahalladan chiqmagan holda amalga oshirish imkonini beradi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi