Rishton tumanida yashovchi oila viloyatda “Vatanparvar oila” deb topildi

×

 2022-05-15 18:18:48    367

PDF yuklash
Chop etish


15 may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan respublikamiz boʼylab may oyi “Farovon oila sari” gʼoyasi ostida keng nishonlanmoqda. Oylik doirasida 3 bosqichdan iborat “Yangi Oʼzbekistonning ibratli oilasi” koʼrik tanlovi ham oʼtkazildi.Bugun ushbu koʼrik tanlovning yakuniy, uchinchi bosqichi viloyat miqyosida Margʼilon shahrida boʼlib oʼtdi. Tanlovda viloyatimizning 19 ta shahar va tumanlarida oʼtkazilgan 2-bosqich gʼoliblari ishtirok etishib, turli shartlar boʼyicha oʼzaro bellashishdi. Tanlov yakunlariga koʼra hakamlar qarori bilan Rishton tumani “Navbahor” mahallasida yashovchi Zulfiqorovlar oilasi “Vatanparvar oila” nominatsiyasida gʼolib deb topilib, birinchi oʼrinni qoʼlga kiritishdi.Gʼoliblarga tashkilotlarning diplom va bir martalik pul mukofoti sertifikati topshirildi.


Rishton tuman hokimligi Аxborot xizmati


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 47 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab