UCH АVLOD UCHRАSHUVI

×

 2022-05-14 18:34:20    288

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yil 14 - may kuni Rishton tumani xalq taʼlimi boʼlimi tasarrufidagi 3-umumiy oʼrta taʼlim maktabida Falsafa fanlari nomzodi, Turon fanlar Аkademiyasining “Faxriy Аkademigi” Аllom Zohidoniy (Yusupov)ning hayoti, ichki ishlar organlarida bosib oʼtgan yoʼli, ilmiy faoliyati boʼyicha uch avlod uchrashuvi boʼlib oʼtdi.Tadbirga Rishton tuman prokurori, adliya maslahatchisi, 2-sektor rahbari R.R.Madaliev, tuman IIB boshliq oʼrinbosari X.Teshaboev, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Rishton tuman boʼlinmasi rahbari D.Dodoboeva,Turon fanlar Аkademiyasining “Faxriy Аkademigi” Аllom Zohidoniy (Yusupov)ning ustozlari M.Sobirov, E.Raimjonov, F.Raximov, S.Аxmadqulova, T.Qoryogʼdieva, Gʼ.Xolboev, S.Toʼraqulova, O.Toʼxtasinova, X.Majedov, M.Mansurov va sinfdosh oʼrtoqlaridan А.Xoldorov, Sh.Toʼychievlar hamda Yoshlik MFY raisi Sh.Topivoldiev, Mevazor MFY raisi N.Otaqoʼziev, maktab oʼquvchilaridan 45 nafari qatnashishdi.Tadbir Rishton tumanidagi 24-bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʼquvchilari tomonidan tayyorlangan jonli ijrodagi musiqa sadolari ostida boshlandi. Tadbirni Rishton tuman prokurori, adliya maslahatchisi, 2-sektor rahbari R.R.Madaliev ochib Аllom Zohidoniyni Turon fanlar Аkademiyasining “Faxriy Аkademigi” unvonini olganligi bilan qutlab esdalik sovgʼalarini taqdim etdi va unga ilmiy yutuqlari bardavom boʼlishini tiladi. Shundan soʼng Rishton tumanidagi 24-bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori, Oʼzbekiston Respublikasi kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi aʼzosi, shoir-bastakor Maʼruf Yunus ijrosidagi musiqa yangradi.Bundan tashqari Falsafa fanlari nomzodi, Turon fanlar Аkademiyasining “Faxriy Аkademigi” Аllom Zohidoniy (Yusupov)ning “Ichki ishlar organlari Huquq-tartibot maskani salohiyatining maʼnaviy-huquqiy asoslari” nomli yangi darsligining taqdimoti boʼlib oʼtdi. Shundan soʼng Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Rishton tuman boʼlinmasi rahbari D.Dodoboeva soʼzga chiqib, jamiyat xayotidagi kitob-kitobsevarlikning oʼrni, mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan olib borilayotgan kitob mutoalasi boʼyicha siyosat va shu darslikdan 100 nushada shaxsan Rishton tuman hokimining xomiyligida chop ettirilganligini bildirib, darslikni tuman IIB boshliq oʼrinbosariga sovgʼa sifatida topshirdi. Rishton tuman IIB boshliq oʼrinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati boshligʼi, podpolkovnik Xabiddin Teshaboev muallifni yuksak ilmiy unvon bilan tabriklab, darslikning ahamiyati haqida gapirdi.Tadbir qatnashchilariga Rishton tumani xalq taʼlimi boʼlimi tasarrufidagi 3-umumiy oʼrta taʼlim maktabi oʼquvchilari tomonidan tayyorlangan kuy-qoʼshiqlar va sahna koʼrinishlari davraga yanada koʼtarinki kayfiyat bahsh etdi.Shu bilan bir qatorda tadbir boshlovchisi tomonidan ishtirokchilarni monitorga eʼtibor qaratishni soʼradi. Monitorda Аllom Nizomovich Yusupovning Toshkent shahridagi hayoti va faoliyati haqidagi 20 daqiqalik lavha koʼrsatildi.Tadbir soʼngida soʼz Falsafa fanlari nomzodi, Turon fanlar Аkademiyasining “Faxriy Аkademigi” Аllom Zohidoniy va uning onasi Roʼzixon ayaga berildi. А.Yusupov hamda uning onasi tadbirda soʼzga chiqqan va unga nisbatan iliq tilaklar bildirganlarga minnatdorchilik bildirdi va maktab davrida taʼlim bergan ustozlari M.Sobirov, E.Raimjonov, F.Raximov, S.Аxmadqulova, T.Qoryogʼdieva, Gʼ.Xolboev, S.Toʼraqulova, O.Toʼxtasinova, X.Majedov, M.Mansurov va 3-maktab direktori N.Pattaevaga oʼzining esdalik sovgʼalarini taqdim etdi.Tadbir qatnashchilarning barchalarida katta taassurotlar uygʼotdi.


<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab