Rishton tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Mushoira” va “Yosh kitobxon oila ” tanlovlarining sektor bosqichi oʻtkazildi

×

 2022-05-14 18:31:27    324

PDF yuklash
Chop etish


Yoshlar ishlari agentligi Rishton tuman boʻlimi va Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlimi bilan hamkorlikda tumandagi 1-sonli kasb-hunar maktabida    “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida  “Mushoira” va “Yosh kitobxon oila ” tanlovlarining sektor bosqichi oʻtkazildi Tanlovni oʻtkazishdan asosiy maqsad  Yoshlar oʻrtasida sheʼrxonlik, gʻazalxonlik va kitobxonlik madaniyatini oshirish, ular orasida soʻz boyligini oshirish, targʻibot-tashviqot va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni jonlantirish, yoshlarni “ommaviy madaniyat”ning zararli taʼsirlaridan muhofaza qilish, milliy gʻurur va oʻzlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuygʻularini shakllantirish, yosh oilalar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, har bir oila aʼzosini kitob mutolaasiga keng jalb etish, ular oʻrtasida oʻzaro mehr-oqibat, odob-axloq fazilatlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi. Oʻtkazilgan tanlovda  “BONUJON” taxallusidagi shoira Mamajonova Xursanoy, shoir va yozuvchi Tolib Nosir, Turon yozuvchilar uyushmasi aʼzosi  Dodoboyev  Yuldoshali tomonidan yoshlar odilona baholanib borildi va  yuqori natijalarni koʻrsatgan yoshlar tanlovning tuman saralash bosqichida ishtirok etishi uchun yoʻllanmalar berildi.


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab