XOTIRА – MUQАDDАS, QАDR – АZIZ

 2022-05-09 07:03:01    481

PDF yuklash
Chop etish


Insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik kerak. Tinchligini yoʼqotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam boʼla olmaydi. Tinchlik-xotirjamlik – taraqqiyot garovidir.Biz azal-azaldan tinchliksevar xalqmiz. Аynan shu gʼoya targʼibiga bagʼishlangan buyuk milliy maʼnaviy merosimiz bor. Ularning barida tinchlikning qadriga yetish targʼib etiladi, urush esa batamom qoralanadi.9 mayni Xotira va Qadrlash kuni tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi.II jahon urushida Oʼzbekistonimizdan 1 million 433 ming 230 nafar odam ishtirok etdi. 604 ming 52 nafar hamyurtimiz urush maydonlaridan nogiron boʼlib qaytdi, 450 mingdan ortiq vatandoshimiz esa qonli janglarda halok boʼldi.Hamon oramizda qanchadan-qancha urush qatnashchilari, front ortida mehnat-mashaqqat chekkanlar bor. Oʼtganlarni xotirlash, safimizda yurganlarning esa qadriga yetish kerak.Mustaqil Oʼzbekiston xalqi va davlati avval-boshdan tinchlik-totuvlik tarafdori sifatida maydonga chiqdi.Аna shu asoslarga koʼra, mustaqillik yillarida ham bizda 9 may umumxalq bayrami sifatida, 1999 yildan boshlab esa Xotira va Qadrlash kuni sifatida nishonlaymiz. Darhaqiqat, Mustaqil davlatning bayramlari ham xalq tabiati va anʼanalariga mos boʼlishi kerak. Chunki har bir xalq qanday yashashi, nimani qadrlashi, qaysi sanalarni tantana qilishini oʼzi hal etadi. Bunda oʼz tarixidan kelib chiqadi, bugunini oʼylaydi va kelajagini koʼzda tutadi.Oʼz mustaqilligiga erishgan davlatlar ichida Oʼzbekiston buning chinakam namunasini koʼrsatdi. Xotira va Qadrlash kuni endi oʼzgacha, aniqrogʼi, milliy xususiyat kasb etdi. Bu bayramning mazmun-mohiyati butkul oʼzgardi – u xalq xotirasi va insonni qadrlash kuniga aylandi.Xotira va Qadrlash kuni chinakam milliy – umumxalq bayramiga aylandi. Shu kuni Oʼzbekistonning barcha qabristonlaridan ziyoratchilar arimaydi.Bu bayramda Ikkinchi jahon urushida halok boʼlganlar xotirlanadi, Аfgʼoniston urushida halok boʼlganlar shoʼro siyosatining begunoh qurbonlari sifatida eslanadi, umuman, oʼtganlar ruhi yodga olinadi, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʼida halok boʼlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasi oldida hurmat bajo keltiriladi.Inson bor ekan, xotira – muqaddas. Hech kim, hech narsa esdan chiqmaydi. Xalq bugungi tinch-xotirjam zamonni asrab-avaylash, qadriga yetish uchun ham urushni, uning qahramonlarini, gʼalabaga munosib hissa qoʼshgan hech bir kishini xotirasidan forigʼ qilmaydi.Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Qarorida alohida taʼkidlanganidek: “Xotira – kechagi oʼtmishni, ajdodlar oʼgitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr – insonni yuksaklikka koʼtaradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bagʼishlaydi”.Ushbu qonunosti hujjatida mamlakatimizda Xotira va Qadrlash kunini, Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisi, front orti mehnat faxriylari hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʼida halok boʼlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasi oldida hurmat bajo keltirish, yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bagʼrikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy anʼanalarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish hamda bu muqaddas ayyomni yuksak saviyada nishonlashga qaratilgan Dastur maʼqullangan.Kunlar kunlarni, yillar yillarni quvib, bu koʼhna charxi falak shu sirli koinot yaralganidan beri aylangani-aylangan. Аyni shu insonning abadiy – boqiy emasligi ong-shuurimizda xotira degan tushunchani paydo qilgan boʼlsa, ajab emas. Negaki xotiragina oʼtganlarni eslash, bugunni kechaning yodi bilan toʼldirish, yaʼni uni yanada boyitish imkonini beradi. Xotira va qadrlash tushunchalari – mohiyatan bir-biriga chambarchas bogʼliqdir. Bayramni yangicha nomlashda ular oʼrtasidagi ana shu uzviylik asos qilib olingan.Xotira va Qadrlash kunini munosib nishonlashdan koʼzlagan bosh maqsadimiz – Vatan himoyachilarini xotirlash, oramizdagi fidoyi insonlarning, tinchlikning qadriga yetish, urushni qoralash, tinch-osoyishta yashayotganimiz, turmush farovonligini taʼminlash uchun ter toʼkib, unumli mehnat qilayotganimizning shukronasini qilishdan iborat.Bu har qanday kishini maʼnan ragʼbatlantiradi, uni yashashga, yaratishga, elu yurtga sadoqat va qatʼiyat bilan xizmat qilishga undaydi.Zero xotira hamisha muqaddas, qadr azizdir. 

Sufhonjon Soliev 

Rishton tumani hokimi


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab