Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Rishtonning qahramon oʼgʼloni Mamadali Topvoldiev memorial muzeyining tantanali ochilish marosimi boʼlib oʼtdi

×

 2022-05-09 06:41:55    339

PDF yuklash
Chop etish



Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bugun Rishton tumani Zohidon MFY hududida Rishtonning qahramon oʼgʼloni Mamadali Topvoldiev xotirasini abadiylashtirish maqsadida uning memorial muzeyi foydalanishga topshirildi.Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Sharqiy harbiy okrug qoʼshinlari qoʼmondoni birinchi oʼrinbosari Jamshid Karimov, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat Mudofaa va Xavfsizlik tizimlari rahbarlari, Belarussiyadan kelgan mehmonlar, uning oila-aʼzolari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.Ochilish marosimida soʼz olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Mamadali Topvoldievning buyuk qahramonliklarini faxr bilan qayd etdi. Viloyat rahbari, jahondagi bugungi murakkab sharoitda yurtimizda hukm surayotgan tinchlikni qadrlash, osoyishta hayot uchun shukronalik har qachongidan koʼra muhimligiga ham eʼtibor qaratdi.Mamadali Topvoldiev 1938 yilda urushga borib, Belorussiya hududidagi janglarda katta qahramonliklar koʼrsatib, fashistlarni larzaga keltirgan, gʼalaba uchun oʼz hissasini qoʼshgan. Uni "Kazbek" deb nomlashgan. Shu nomni eshitgan har qanday dushmanning oyogʼi qaltiragan.Belorusь xalqi ham Mamadali Topvoldievni yaxshi koʼradi va u kishini nomini abadiylashtirish maqsadida jang boʼlgan qishloqlarga nomini berib, eʼzozlab keladi. “Oʼzbekfilьm” hamda “Belarusьfilьm” Milliy kinostudiyasi oʼrtasida hamkorlikda “Osiyo arsloni” nomli filьmni viloyatimizda suratga olish ishlari ham boshlab yuborildi. Bugungi tadbirda, “Belarusьfilьm” milliy kinostudiyasi Bosh direktori Vladimir Karachevskiy hamda filьmda rolь olgan ijodkorlar ishtirok etishdi. Belorusliklar nomidan Mamadali Topvoldiev timsolida oʼzbek xalqiga minnatdorchilik bildirgan Vladimir Karachevskiy, “Biz, Belorusь xalqiga tinch hayotni baxsh etganlarni hech qachon unutmaymiz” deb taʼkidladi. Bosh rolni Ulugʼbek Qodirov ijro etayotgan Mamadali Topvoldiev haqidagi biografik drama Oʼzbekistonda va Belorusda suratga olinadi va kelgusi yil 9 mayda premьerasi boʼlib oʼtadi.Nuroniylar ishtirokida ramziy tasma qirqilib, tadbir ishtirokchilari muzey faoliyati bilan tanishdilar.Mamadali Topvoldievning muzeyida uning orden, medallari, faxriy yorliqlar, roʼzgʼor buyumlari, yozishmalari, shaxsiy kiyimlari, qurollar, urush haqidagi adabiyotlar jamlangan.Muzey qurilishi uchun viloyat mahalliy byudjetidan 1,5 mlrd. soʼm mablagʼ ajratildi.


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab