Ikkinchi jahon urushi faxriylariga Prezident sovgʼalari topshirildi
2022-05-09 06:35:09 414
Har yili mamlakatimizda 9 may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanadi. Bayram munosabati bilan urush faxriylari xonadonlariga borilib, holidan xabar olinadi, sovgʼa salomlar topshiriladi. Аyniqsa, urush qatnashchilarining boshidan oʼtkazgan qonli janglar haqidagi hikoyalari kishida oʼzgacha taassurot qoldiradi. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan imzolangan “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʼbatlantirish toʼgʼrisida”gi Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida shahrimizda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tumanimizdagi 2 nafar urush qatnashchilari va yuzdan ortiq front orti ishtirokchilari holidan xabar olinib, ular ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkillanmoqda.Bugun ham keng jamoatchilik vakillari Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining xonadonlariga tashrif buyurishdi. Urush faxriylarini taqdirlash marosimlarida tuman hokimligi vakillari, mudofaa boʼlimi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar masʼullari, nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash Kengashi faollari hamda Yoshlar ishlari agentligi vakillari ishtirok etishdi.Masʼullar Davlat rahbarining tabriknomasini oʼqib eshittirdilar. Urush qatnashchilariga 15 million soʼmdan pul mukofoti, ramziy belgi hamda konditsioner kabi esdalik sovgʼalari, shuningdek zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.Keksa-nuroniylar ularga qaratilayotgan eʼtibor va koʼrsatilayotgan gʼamxoʼrlikdan mamnun boʼlishib, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo boʼlishini tilab duo qildilar.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi