Rishton tumanining Oq tomir MFYdagi Oq-tomir - Bogʼiston-3 tutashuvchi yulni taʼmirlash boʼyicha ilgari surilgan tashabbus “Tashabbusli byudjet” loyihasi gʼolibligini qoʼlga kiritdi

×

 2022-05-05 11:36:13    430

PDF yuklash
Chop etish


Respublika Moliya Vazirligining “Ochiq byudjet” axborot portali orqali amalga oshirib kelinayotgan “Tashabbusli byudjet” loyihasining navbatdagi yoʼnalishi – “Mening yoʼlim” loyihasi gʼoliblari eʼlon qilindi. Mamlakatimiz hududlari boʼyicha mahallalar yoʼllarini sozlashga qaratilgan ushbu loyihada Rishton tumanining “Oqtomir” mahalla fuqarolar yigʼiniga qarashli "Oq-tomir Bogʼiston-3 tutashuvchi yulni taʼmirlash yuzasidan ilgari surilgan tashabbus ham gʼolib deb topildi. Mahalla ahlining faolliklari natijasida mahalla uchun 320 million soʼm mablagʼ davlat byudjetidan sarflanishi belgilangan.Maʼlumot oʼrnida “Mening yoʼlim” loyihasida respublika boʼyicha 366 ta tashabbus gʼolib deb topilib, shundan Oqtomir MFY boʼyicha ilgari surilgan tashabbus jami 12374 ta ovoz toʼplab, 6-oʼrinni qoʼlga kiritdi.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 65 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab