O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi aholini ro‘yxatga olish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir
2022-04-23 06:43:35 371
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi aholini ro‘yxatga olish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir
Aholini ro‘yxatga olish jarayenlarini sifatli va yuqori saviyada o‘tkazilishida O‘zbekiston respublikasi Davlat statistika ko‘mitasining o‘rni kattadir. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 16-martdagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘RQ- 611-sonli qonunining 15-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi aholini ro‘yxatga olish sohasidagi vakolati quyidagilardan iboratdir:
ro‘yxatga olish hujjatlari shakllarini, ro‘yxatga oluvchi xodimlar guvohnomasi shaklini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Aholini ro‘yxatga olish dasturini va ro‘yxatga olish varag‘ining shakllarini ishlab chiqadi;
ro‘yxatga olish varaqlari tayyorlanishini va hududlarga yetkazilishini ta’minlaydi;
aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risida aholini xabardor qilishga doir ishlarni muvofiqlashtiradi;
ro‘yxatga oluvchi xodimlarni tanlab olish va o‘qitish tartibini, shuningdek shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish tartibini belgilaydi va ularga ishlov berishni amalga oshiradi;
ro‘yxatga olish varaqlari va boshqa ro‘yxatga olish hujjatlarining saqlanishi (shu jumladan vaqtincha saqlanishi), yo‘q qilinishi tartibini belgilaydi;
ro‘yxatga olish varaqlari va boshqa aholini ro‘yxatga olish hujjatlarini saqlash va yo‘q qilishni ta’minlaydi.
Rishton tumani statistika bo‘limi boshlig‘i
O‘.Teshaboyev
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi