Rishton tumanining qisqacha tarixi
2022-04-16 16:08:33 3740
Rishton tumani — Fargʻona viloyatidagi tuman. 1926-yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1959-yil 7 martda Soʻx tumani bilan birlashtirilgan. 1990-yil 27 fevralda Soʻx tumani ajralib chiqqan. Shim.dan Bagʻdod, jan.sharqsan Oltiariq, gʻarbdan Oʻzbekiston va Uchkoʻprik tumanlari, janubdan Qirgʻiziston bilan chegaradosh. Maydoni 0,42,1 ming km². Aholisi 210.2 ming kishi (2022). Tumanda 71 mahalla bor. Markazi — Rishton shahri.
Tabiati
Tuman hududi Markaziy Fargʻona choʻlining jan.da, Soʻx daryosi va Katta Fargʻona kanali boʻyida joylashgan. Hududi, asosan, tekislikdan iborat. Foydali qazilmalardan neft, gaz, soz tuproq, shagʻal bor. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —6.7°, eng past temperatura —27°, iyulning oʻrtacha temperaturasi 23.6°, eng yuqori temperatura 42°. Yiliga 180 mm yogʻin yogʻadi. Xoʻjaliklar va aholi yerlari Soʻx daryosi va Usmon Yusupov nomli Katta Fargʻona, Katta Andijon kanallaridan sugʻoriladi. Tuproqlari qoʻngʻir boʻz tuproq va oʻtloqi tuproqlardan iborat, ayrim joylarda shoʻrtuproq uchraydi. Oʻsimliklardan shoʻra, shuvoq, yantoq, miya, oq bosh, yulgʻun, qiyoq va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, quyon, yumronqoziq; parrandalardan kaklik, bedana, tustovuq, zogʻcha, qargʻa, toʻrgʻay, sassiqpopishak, qaldirgʻoch; sudraluvchilardan oʻq ilon, chipor ilon, kaltakesak; kemiruvchilardan kalamush va boshqa uchraydi.
Aholisi
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, qirgʻiz, rus, tatar, koreys va boshqa millat vakillaridan iborat. Aholin 210.3 ming kishi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi